
“Barselona” prezidenti Joan Laporta jamoa bosh murabbiyi Xavi Ernandesdan tezroq qutilmoqchi.
Aslida Xavi mavsumning ikkinchi yarmida chempionat yakunlanganidan keyin klubdan ketishini aytgandi. Biroq rahbariyati uni bu fikrdan qaytardi.
Shunga qaramay, murabbiyning ayrim qarashlari Joan Laportaga yoqmadi.
Marca nashrining yozishicha, Laporta Xavi klubga ishonmaydi, degan xulosaga kelgan. Bunga bosh murabbiyning klubning moliyaviy ahvoli haqida gapirgani va bu holat tarkibni kuchaytirishga yo‘l qo‘ymayotganini oshkor qilgani sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Joan Laporta jamoani klubning moliyaviy ahvolidan qat’i nazar, nufuzli sovrinlar uchun kurashishga chorlay oladigan tajribali mutaxassis boshqarishini istayapti. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
 Enter
 Xato topdIngizmi? 
 Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
 