00:29 / 23.05.2024
451

Himoyachilarni “titratayotgan” to‘purarning xaridori ko‘payib ketdi

Himoyachilarni “titratayotgan” to‘purarning xaridori ko‘payib ketdi
Yevropada milliy chempionatlar birin-ketin yakunlanmoqda. Endi bor e’tibor Germaniyada bo‘ladigan Yevropa chempionatiga qaratiladi. Qolaversa, klublar yozgi transferlar vaqtida tarkibini mustahkamlashga harakat qiladi.

Mavsumni yuqori saviyada o‘tkazgan futbolchilarning bozori chaqqon bo‘lishi aniq. Ana shunday futbolchilardan biri Fransiya terma jamoasi hujumchisi Maykl Olisedir.

“Kristal Pelas” hujumkor futbolchisi tezkorligi, jismonan baquvvatligi, shiddatli o‘yini bilan Angliya Premer-ligasidagi himoyachilarni dahshatga solib qo‘ydi.

Mutaxassislar uning nozik tomoni deyarli yo‘qligini ta’kidlamoqda. Olise ancha gavdali va mushaklari katta ekaniga qaramay, bu uning tezkorligiga va texnikasiga ta’sir qilmagan.

Yakunlangan chempionatda Maykl Olise 19 marta maydonga tushib, 10 ta gol va beshta assist muallifi bo‘ldi. Bu futbolchi uchun PSJ, “Arsenal”, “Manchester Yunayted”, “Aston Villa” va “Chelsi” kabi kuchli klublar kurash olib bormoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Himoyachilarni “titratayotgan” to‘purarning xaridori ko‘payib ketdi