17:18 / 23.05.2024
190

Parij—2024 Olimpiadasi tayyorgarligi uchun sarflangan mablag‘lar miqdori ochiqlandi

Parij—2024 Olimpiadasi tayyorgarligi uchun sarflangan mablag‘lar miqdori ochiqlandi
Foto: “O‘zA”
Joriy 2024 yilning birinchi choragi davomida Parij—2024 Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan 20 ta sport federatsiyasi va uyushma taqdim etgan talabnomalar asosida mahalliy hamda xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari uchun 73 milliard 355 million 700 ming so‘m miqdoridagi mablag‘lar yo‘naltirilgan va moliyalashtirilgan. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Unda aytilishicha, “2024 yil Parij shahrida (Fransiya) bo‘lib o‘tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to‘g‘risida”gi prezident qaroriga muvofiq, Sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, sport federatsiyalari tomonidan musobaqaga tayyorgarlik ishlari tizimli ravishda olib borilmoqda.

Bundan tashqari, Olimpiya sport turlari bo‘yicha federatsiya va uyushmalarning ustav xarajatlari, milliy terma jamoa sportchilari uchun anjom va maxsus inventarlar xaridi, ularning tibbiy-biologik ta’minoti, nufuzli turnir va chempionatlarda ishtiroki bilan bog‘liq xarajatlar ham davlat tomonidan moliyalashtirilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Parij—2024 Olimpiadasi tayyorgarligi uchun sarflangan mablag‘lar miqdori ochiqlandi