Xavi yaqin kunlarda “Barselona” bosh murabbiyligini tark etadi. Xabarlarga ko‘ra, klub 59 yoshli Hans-Diter Flik bilan kelishuvga erishgan.
Marca nashrining ma’lum qilishicha, Laporta yaqin kunlarda, aniqrog‘i, 27 may kuni Xavining iste’foga chiqarilganini e’lon qiladi.
Klub moliyaviy qiyinchiliklarga qaramasdan murabbiy bilan hamkorlikni tugatmoqchi. Xavining iste’fosi “Barselona” uchun 20 million yevroga tushadi.
Flik esa kataloniyaliklarning qo‘ng‘irog‘ini kutmoqda. Mutaxassis jamoada Xaviga o‘rinbosar bo‘ladi. Nemis murabbiyi va “ko‘k-anorranglilar” so‘nggi kunlarda bir necha bor muzokaralar o‘tkazgan.
Eslatib o‘tamiz, 28 yanvarda Xavi mavsum oxirida “Barselona” murabbiylik postini tark etishini ta’kidlagandi. Keyinchalik bir necha bor bu qarorini o‘zgartirmasligini ham aytib o‘tgandi. Biroq rahbariyat aprel oyida ispaniyalik mutaxassisni jamoada qoldirishga ko‘ndirgandi. Shundan so‘ng Laporta Xavini jamoadan ketkazishga tayyor ekanligi xabar qilindi.
Xavi “Barselona”ni 2021 yilning noyabridan beri boshqarib kelmoqda. Ayni damda “Barselona” La Liga jadvalida 2-o‘rinni egallab turibdi. Chempionatdagi so‘nggi o‘yin 26 may kuni “Sevilya”ga qarshi bo‘lib o‘tadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Isroillik ravvinni o‘ldirishda gumonlangan uch kishi ushlandi
BAAda isroillik rohibning o‘limida gumonlanayotgan o‘zbekistonliklar ushlandi
Doniyor Toshxo‘jayev lavozimidan ozod etildi
Rossiyaning Dniproga zarbasi NATOni Ukrainani qo‘llab-quvvatlashdan qaytara olmaydi
Qirg‘iziston budjetiga korrupsionerlardan misli ko‘rilmagan miqdorda mablag‘ qaytarildi