21:46 / 24.05.2024
210

Xavi: Yakshanba kuni tribunadagi muxlislardan biriga aylanaman (Ta’sirli xat)

Xavi: Yakshanba kuni tribunadagi muxlislardan biriga aylanaman (Ta’sirli xat)
Xavi "Barselona"ni tark etishini e’lon qildi. Ispaniyalik mutaxassis o‘zining instagram sahifasida ta’sirli xat yozdi va unda jamoani tark etayotganligini aytib o‘tdi:

- Hurmatli klub muxlislari. "Barselona" bosh murabbiyi sifatidagi ishim yakshanba kuni tugaydi. Hayotimni bag‘ishlagan klubni tark etish oson emas, lekin men ikkinchi uyim bo‘lib qolgan jamoa boshqaruvida ikki yarim yil ishlaganimni g‘urur bilan ayta olaman.

- Men futbolchilik va murabbiylik davrimda doimo qo‘llab-quvvatlagan muxlislarga rahmat aytmoqchiman.

- Yakshanba kuni o‘zim ham tribunalardagi muxlislardan biriga aylaman. Xoh "Olimpik" va yoki "Kamp Nou"da bo‘lishidan qat’i nazar. Sababi, men o‘yinchi va murabbiy sifatida birinchi navbatda "Barselona"ning muxlisiman va ushbu klubga faqat yaxshiliklarni tilayman.

- Bu mavsum o‘zim istaganchalik bo‘lmadi. Biroq biz birlashdik va barchamiz "Barselona" muxlislarini ilhomlantirgan La Masiadan yosh o‘yinchilarning yangi avlodi yetishib chiqishiga yordam berdik.

- Men barchaga: muxlislarga, futbolchilarga, xodimlarga, klub prezidentiga, direktorlar kengashi va sport direktorlariga hamda matbuotga ikki yarim mavsumlik sayohatni baham ko‘rgan barchaga minnatdorchilik bildiraman.

- Yuragimdagi klubga omad tilayman. Yashasin "Barsa"
.

Qayd etish lozim, bir oy avval ispaniyalik mutaxassis hamda Laporta matbuot anjumani o‘tkazgan va unda Xavi kamida 2025 yilning yozigacha "Barselona"da qolishi borasida kelishib olingandi. Biroq orada rahbariyat bilan nizo kelib chiqdi.

Gap shundaki, ispaniyalik mutaxassis "Barselona" "Real", PSJ va "Siti" kabi klublar bilan raqobatlasha olmasligi, bunga klubning moliyaviy holati yo‘l qo‘ymasligi haqida matbuot anjumanida fikr bildirgan. Klub prezidenti Joan Laporta bundan g‘azablangan. Prezidentning fikricha, klub Xaviga o‘zi istagan ko‘plab futbolchilarni jamoaga olib kelgan va moliyaviy qiyin holatda bo‘lishidan qat’i nazar bir qator top futbolchilar bilan shartnoma imzolangan. Xavining matbuot anjumanida bildirgan fikri funksionerni qattiq g‘azablantirgan.

Bundan tashqari, Xavi va klub sport direktori Deku o‘rtasidagi munosabatlar ham u qadar yaxshi bo‘lmagan. Braziliyalik ancha vaqtdan buyon Xavini jamoadan ketkazish tarafdori bo‘lgan.

Qayd etish lozim, ispaniyalik mutaxass "ko‘k-anorranglilar"ni 2021 yilning noyabridan buyon boshqarib kelmoqda. Shu vaqt ichida u klub bilan La Liga hamda Ispaniya superkubogida zafar quchdi.

U futbolchi sifatida "Barsa" safida to‘rt karra Yevropa Chempionlar ligasi, 8 karra La Liga, 6 karra Ispaniya Superkubogi, 3 karra Ispaniya kubogi va 2 karradan UYEFA superkubogi va Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati sovrindori hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xavi: Yakshanba kuni tribunadagi muxlislardan biriga aylanaman (Ta’sirli xat)