Yaponiyadagi jahon chempionatining bugungi kuni biz uchun ajoyib natija bilan yakunlandi. Hususan, yollar o‘rtasida T11 klassida uzunlikka sakrash dasturida startga chiqqan hamyurtimiz Asila Mirzayorova 5.18 metr natija qayd etib, jahon chempionati rekordini takrorladi va oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Qayd etish lozimki, bu borada avvalgi rekord ham aynan Asilaning o‘ziga tegishli edi. Vakilimiz 2023 yil Parijda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida 5.18 metr natija ko‘rsatib, oltin medal va Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri litsenziyani qo‘lga kiritgan.
Bugungi bellashuvlardan so‘ng O‘zbekiston delegatsiyasi 6 ta oltin, 4 ta kumush va 2 ta bronza, jami 12 ta medal bilan umumjamoa hisobida 4-o‘rinni egallab turibdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Rossiya yuzlab yamanliklarni Ukrainaga qarshi urushga yolladi
Xitoy Yaponiya va sakkizta davlat fuqarolariga vizasiz rejimni joriy etadi
Abdusalom Azizovning DXX raisligidan haydalgani tasdiqlandi
O‘zbekistonda kelasi hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
Yevropa Chempionlar Ligasining 5-turida qanday natijadar qayd etildi?