Anchelotti: “Kross — nemis! Uning fikrini o‘zgartirish qiyin”

Sport1 daqiqa o'qish230
Anchelotti: “Kross — nemis! Uning fikrini o‘zgartirish qiyin”
Foto: Getty Images
“Real Madrid” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti germaniyalik yarim himoyachi 2024 yilgi Yevropa chempionatidan keyin faoliyatini yakunlashga qaror qilganidan keyin Toni Kroos bilan suhbati haqida gapirdi.

“Biz bu haqda gaplashdik, u eng yuqori saviyada tugatishni xohlayotganiga amin edi. Shu tarzda xayrlashish ideal bo‘lardi. Har bir inson yuqori notada tugatishni xohlaydi, lekin keyin buni amalga oshirish uchun futbolchida jasorat bo‘lishi kerak.

U xotirjam va nima qilayotganini yaxshi biladi. U nemis va uni fikrini o‘zgartirishga majbur qilish juda qiyin
”, — deya Anchelotti so‘zlarini keltiradi Marca.

Kroos 2014 yilning iyulida “Bavariya”dan “Real”ga o‘tgan edi. Transfer summasi 25 million yevroni tashkil etdi, futbolchining klub bilan shartnomasi 2024 yilning yozida tugaydi. Transfermarkt nemis futbolchisini 12 million yevroga baholaydi, Kroos “qirollik” klubi safida jami 463 o‘yin o‘tkazib, 28 gol urdi va 98 golga assistentlik qildi.

“Real” bilan yarim himoyachi to‘rtta Ispaniya chempionligi, bir marta Ispaniya kubogi va to‘rt bora Ispaniya Superkubogi, shuningdek, to‘rt marta Chempionlar Ligasi bosh sovrini, to‘rt bira UYEFA Superkubogi va besh bora klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqdi.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?