date
views 143

Laporta Flikni qanchaga ko‘ndirdi?

Laporta Flikni qanchaga ko‘ndirdi?
“Barselona”ga bosh murabbiy etib tayinlangan Xans-Diter Flikka klub rahbariyati har mavsum uchun 9-11 million yevrodan maosh to‘laydi. Bu summadan ma’lum miqdorda soliq olinishini inobatga olish lozim.

Germaniyalik mutaxassis 29 may kuni kataloniyaliklarga bosh murabbiylik qilishi ma’lum bo‘ldi. Klub yangi ustoz bilan ikki yillik bitim tuzgan.

Tajribali mutaxassis oldiga moliyaviy qiyinchiliklarga qaramasdan, jamoani Yevropaning yetakchi klublari darajasida o‘ynashini ta’minlash vazifasi qo‘yilgan.

Bu borada Flikning tajribasi bor. U 2019-2021 yillar davomida “Bavariya” bosh murabbiyi sifatida Yevropa Chempionar ligasi, UYEFA Superkubogi, Germaniya kubogi va ikki bor Bundesliga g‘olibligini qo‘lga kiritgan.

Xans Flik klubdan keyin ikki yil davomida Germaniya terma jamoasini shug‘ullantirdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Laporta Flikni qanchaga ko‘ndirdi?