
26 iyuldan 11 avgustgacha Fransiyaning Parij shahrida Parij—2024 yozgi Olimpiyada o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Boks bo‘yicha ushbu musobaqaning barcha yo‘llanma beruvchi turnirlari yakunlandi va terma jamoalar qo‘lga kiritgan litsenziyalar aniq bo‘ldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Parijga eng ko‘p yo‘llanma Okeaniya mintaqasidan Avstraliya davlati ega bo‘ldi.
Ular musobaqaga 12 vaznda bokschi bilan ishtirok etadigan bo‘lsa, ikkinchi o‘rinda O‘zbekiston boks milliy terma jamoasi turibdi. Terma jamoa 4 yillikning nufuzli turniriga 11 ta vazn toifasida ishtirok etadi. Ushbu natija bilan O‘zbekiston termasi Osiyo qit’asida birinchilikni qayd etdi.

Foto: Uzbekistanboxing
Keyingi o‘rinlarda Braziliya, Irlandiya va Qozog‘istonlik bokschilar joy olgan. Ularda 10 tadan litsenziya bor.
Bundan tashqari, O‘zbekiston va qo‘shni Qozog‘iston terma jamoalari erkaklar vazn toifasida to‘liq tarkib bilan ishtirok etadi.
Ayollar o‘rtasida rekord Irlandiya va Avstraliyaga tegishli. Ular ham to‘liq tarkibda ayollar musobaqalarini boshlaydi.
Parij-2024 Olimpiyada o‘yinlarida qatnashadigan boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi bilan tanishing:
Erkaklar:
-51 kg: Hasanboy Do‘stmatov
-57 kg: Abdumalik Halokov
-63,5 kg: Ruslan Abdullayev
-71 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev
-80 kg: To‘rabek Habibullayev
-92 kg: Lazizbek Mullajonov
+92 kg: Bahodir Jalolov
Ayollar:
-50 kg: Sabina Boboqulova
-54 kg: Nigina O‘ktamova
-57 kg: Sitora Turdibekova
-66 kg: Navbahor Hamidova
Olimpiya O‘yinlariBoks MusobaqasiO‘zbekiston TermaParij 2024Erkaklar VaznAyollar Vazn O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar