Parijda bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiadaning futbol musobaqasi 26 iyuldan 11 avgustga qadar davom etadi.
Fransiyaning eng kuchli futbolchisi Kilian Mbappe to‘rtyillikning eng nufuzli sport anjumanida ishtirok etadigan Fransiya olimpiya terma jamoasi tarkibiga kiritilmadi.
Qoidaga ko‘ra, Olimpiya o‘yinlarida 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar ishtirok etadi. Lekin ishtirokchi mamlakatlar terma jamoalari tarkibigi uch nafar yoshi katta o‘yinchilarni qo‘shib olishi mumkin.
Fransiyaliklar 25 yoshli Kilian Mbappening Parij Olimpiadasida g‘olib chiqishga yordam berishini kutayotgan edi. Terma jamoa bosh murabbiyi Terri Anri mohir to‘purarni tarkibga kiritmagan.
Parij Olimpiadasi futbol musobaqasida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi ham ilk bor ishtirok etadi. Timur Kopadze shogirdlari Osiyo kubogining vitse-chempioni sifatida qit’a sharafini himoya qiladi.
O‘zbekistonlik futbolchilar Olimpiadaning “С” guruhidan joy olgan. Bu kvartetda hamyurtlarimiz Ispaniya, Misr va Dominikan Respublikasi terma jamoalari bilan kuch sinashadi.
Fransiya olimpiya terma jamoasi musobaqa mezboni sifatida “A” guruhidan o‘rin olgan. Terri Anri shogirdlari guruhdan chiqish uchun AQSH, Gvineya va Yangi Zelandiya futbolchilari qarshiligini yengishi talab etiladi.
Demak, “В” guruhidan chiqish uchun Argentina, Marokash, Iroq va Ukraina vakillari o‘zaro raqobatga kirishadi.
Osiyo chempioni – Yaponiya Parij Olimpiadasi “D” guruhida Paragvay, Mali va Isroil futbolchilarini imtihondan o‘tkazadi.
Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan jami 16 ta terma jamoadan o‘z guruhida dastlabki ikki o‘rinni egallaganlari chorak finalda ishtirok etadi.
Olimpiadaning yangi g‘olib va sovrindorlari 8 avgust kuni aniqlanadi. 2020 yilgi Tokio Olimpiadasida g‘olib chiqqan Braziliya terma jamoasi bu galgi o‘yinlarga yo‘llanma ololmagan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”