13:31 / 08.09.2016
7 304

O‘zbekiston boks terma jamoasi xalqaro turnirda ishtirok etadi

O‘zbekiston boks terma jamoasi xalqaro turnirda ishtirok etadi

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 8-11 sentyabr kunlari davomida Rossiyaning Omsk shahrida bo‘lib o‘tadigan Aleksey Tishchenko nomidagi xalqaro turnirda ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston boks federasiyasi xabar bergan, deyiladi "Kun" nashrida.

Musobaqada O‘zbekistondan 7 nafar sportchi ishtirok etmoqda: Mironshoh Ibragimov (49 kg), Hasanboy Latiboxunov (- 52 kg), Sulaymon Latipov (- 56 kg), Ulug‘bek Do‘smurodov (-60 kg), Elyor Noraliev (-64 kg), Sardor Yormuhamedov (-91 kg) va Ulug‘bek Mubinov (+91 kg). Jamoa murabbiyi Aziz Sharipov.

Musobaqada O‘zbekiston vakillaridan tashqari, Xitoy, Mo‘g‘uliston, Afg‘oniston, Armaniston, Qozog‘iston va Rossiyadan 80 nafarga yaqin bokschilar kuch sinashadi. Shuningdek, Omsk terma jamoasi alohida jamoa sifatida qatnashadi. Musobaqa hakamlari xalqaro toifadagi AIBA hakamlari bo‘lib, ular orasida o‘zbekistonlik O‘ktam Bozorov ham bor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston boks terma jamoasi xalqaro turnirda ishtirok etadi