16:50 / 05.06.2024
327

Mbappe «PSJ»dagi muammolari haqida ochiq gapirdi

Mbappe «PSJ»dagi muammolari haqida ochiq gapirdi
O‘tgan yozda Mbappe va rahbariyat o‘rtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan va u bir muddat mashg‘ulotlardan chetlashtirilgan edi.

«Keyin buni yuzimga aytishdi, qattiq gapirishdi. Luis Enrike va Luis Kampos meni qutqarishdi, ularsiz men boshqa maydonga tusha olmasdim, shuning uchun ham murabbiy va sport direktoridan juda minnatdorman. Men bu mavsumda o‘z darajamdan pastroq o‘ynadim deb o‘ylayman», deydi Kilian Mbappe.

«PSJ» sardori jamoada o‘ziga nima to‘g‘ri kelmaganini ham qayd etdi.

«Meni xafa qilgan narsalar bo‘ldi, lekin buni ochiq ayta olmadim. Chunki murabbiy, futbolchilar va klub xodimlari meni qo‘llab-quvvatlashardi. Ularning yuzlariga tupurib, klubda baxtsiz ekanimni aytishim to‘g‘ri bo‘lmasdi. Lekin jamoada baxtsiz bo‘lishimga sababchi insonlar va holatlar bor edi», deydi u.

2023 yilning avgust oyi boshida «PSJ» shartnomani uzaytirmagani uchun Mbappeni Osiyo bo‘ylab mavsumoldi turnesi uchun jamoa tarkibidan chiqarib tashladi. Biroz vaqt o‘tgach, klub prezidenti Nosir Al-Helayfiy hujumchining tarkibga qaytishiga ruxsat berdi.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda «Real Madrid» Mbappeni jahon futboli tarixidagi eng qimmat erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib oldi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mbappe «PSJ»dagi muammolari haqida ochiq gapirdi