O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes jahon chempionati 2-saralash bosqichi doirasidagi Turkmaniston va Eronga qarshi uchrashuvlarda qatnashadigan futbolchilarning nomini e’lon qildi. Unga ko‘ra, qaydnoma 20 nafar futbolchi va 3 darvozabondan iborat. Hozirda chaqirilgan 23 futbolchining 13 nafari legioner bo‘lsa, 10 tasi mahalliy klublarimizda o‘ynaydi.
Jamshid Iskanderov
Jamshid Iskanderov Osiyo Chempionlar Ligasidagi yorqin o‘yinlaridan so‘ng, "lochinlar" bilan shartnomasini yana bir yilga uzaytirdi. 30 yoshli hujumkor yarim himoyachimiz OCHL doirasida 8 o‘yinda maydonga tushib, 2 gol kiritdi va 4 golga assistentlik qildi. Hozircha, uning ishlari unchalik ham yurishmayarti. Superliga doirasidagi barcha uchrashuvlarda maydonga tushdi. Iskanderov 6-turda "Lokomotiv"ga qarshi bahsda o‘z hisobiga 2 assistni yozdirgan bo‘lsa, keyingi turda "So‘g‘diyona"ga gol kiritdi.
Xabaringiz bor, Srechko Katanes qo‘l ostida terma jamoamiz 5-2-3 sxemasidan foydalanadi. Shuning uchun, Iskanderov kamroq amaliyotga ega bo‘lmoqda.
"Paxtakor" tarbiyalanuvchisining ayni damdagi transfer summasi 850 ming yevroni tashkil qiladi.
Odil Hamrobekov
O‘zbekiston Superligasining eng qimmat futbolchisi bo‘lib turgan Odil Hamrobekov 2023 yilda "Paxtakor" bilan chempion bo‘lgach, 2024 yilgi mavsumni o‘zi tug‘ilgan Namanganning "Navbahor" jamoasida boshladi. Chempionlikni maqsad qilgan "lochinlar"ning markazi Hamrobekov borgach, chempionatdagi eng kuchlisiga aylandi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
28 yoshli yarim himoyachi joriy mavsum Superliganing o‘tkazilgan barcha - 9 uchrashuvida almashtirilmasadan o‘ynab, bir gol va ikki assistni o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi. Hamrobekov va Shukurov Katanes qurgan jamoaning eng asosiylaridan hisobalanadi.
Ma’lumot uchun, tajribali xavbek hozirga qadar terma jamoada 53 ta o‘yin o‘tkazgan va bir marta gol kiritgan (Qatarga).
Aziz Turg‘unboyev
Osiyo Kubogida o‘zini yangi pozitsiyada a’lo darajada ko‘rsata olgan Turg‘unboyev musobaqadan so‘ng legionerga aylandi. Asli o‘ng qanot vingeri bo‘lgan 29 yoshli futbolchimiz qit’a musobaqasida Xojiakbar Alijonovning o‘rnini egalladi. Aziz Qatarda o‘tgan chempionatda 2 ta muhim gol urganini ham qayd etib o‘tishimiz kerak. Ushbu musobaqadan so‘ng Turkiyaning "Sivasspor" jamoasi vakilimizni o‘z safiga qo‘shib oldi.
Sobiq "Paxtakor" futbolchisi qisqa muddat ichida turk klubining asosiy tarkib futbolchisiga aylana oldi, Superliga doirasidagi faqatgina ikki uchrashuvni jarohat tufayli o‘tkazib yubordi. 37-tur doirasidagi "Istanbulspor"ga qarshi bahsda gol kiritdi. "Jasurlar" bilan birgalikda Turg‘unobev mavsumni 7-o‘rinda yakunladi.
"Transfermarkt"ga ko‘ra Turg‘unboyevning ayni damdagi transfer qiymati 1 million yevroga teng.
Otabek Shukurov
Turkiya chempionatiga hamyurtlarimiz orasida birinchilardan borgan Shukurov Osiyo kubogi oldidan jamoasiz qolib ketgan edi. "Fotix Karagyumryuk" 30 dekabr kuni 27 yoshli vakilimiz bilan shartnomani bekor qildi. Terma jamoamiz vitse sardori qit’a chempionatida faqatgina bitta uchrashuvni shamollab qolganligi tufayli o‘tkazib yuborgan bo‘lsa, qolgan barcha uchrashuvda to‘liq harakatlandi. Musobaqadan so‘ng "Kayserispor" jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Otabek "Anadolu yulduzlari"ning ham asosiy tarkib futbolchisiga aylana olmadi, faqatgina 3 ta o‘yinni to‘liq o‘tkazdi, qolgan uchrashuvlarda zaxiradan tushgan yoki erta almashtirilgan. 2-davrada umumiy 12 o‘yinda maydonga tushdi.
Futbolchimizning ayni damdagi transfer qiymati 2 million 200 yevroga teng.
Abdurauf Bo‘riyev
Olimpiya terma jamoamiz va "Olimpik" klubining yetakchi futbolchisi bo‘lgan Abdurauf Bo‘riyev ikkinchi marta milliy terma jamoaga chaqiruv olmoqda. lekin 21 yoshli futbolchimiz xli debyut qilishga ulgurmagan. Abdurauf yangi mavsumni "Paxtakor" safida boshlashi kerak edi, ammo Parij Olimpiadasi boradigan tarkibni Kopadze "Olimpik"da saqlab qolishni istadi, shuning uchun tayanch yarim himoyachi 1 mavsumni ijarada "Olimpiyachilar" safida o‘tkazmoqda. "Bunyodkor" tarbiyalanuvchisi Superliganing barcha bahslarida to‘liq 90 daqiqa harakatlandi. Bundan tashqari, Bo‘riyev Olimpiya terma jamoamizning Parij-2024 yo‘llanmasini qo‘lga kiritishiga katta hissa qo‘shdi. U faqatgina 3-tur doirasidagi Vetnamga qarshi bahsda zaxirada qoldirildi, qolgan barcha uchrashuvlarda maydonga tushdi.
"Transfermarkt" futbolchimizning transfer narxini 400 ming yevroga baholagan.
Diyor Xolmatov
"Paxtakor"ning so‘nggi paytlardagi asosiy futbolchilari biri bo‘lgan Xolmatov terma jamoada ham sekin astalik bilan o‘yin amaliyotiga ega bo‘lib bormoqda. Osiyo Kubogi doirasidagi Tailandga qarshi bahsdagi assisti hali muxlislarimizning yodidan ko‘tarilgani yo‘q. 21 yoshli yarim himoyachimiz "sherlar" safida ichki chempionat doirasida deyarli barcha uchrashuvlarda maydonga tushgan. Bundan tashqari, Parij Olimpiadasi yo‘llanmasi qo‘lga kiritilishida ham hissa qo‘shdi. "Paxtakor" tarbiyalanuvchisi Quvaytga qarshi o‘yinda o‘z hisobiga gol ham yozib qo‘ygan edi.
Diyor Xolmatovning ayni damdagi narxi 750 ming yevro. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi