Abbosbek Fayzullayev professional futbolchilik faoliyatini yaqinda boshlagan bo‘lsa-da, qisqa fursatda salohiyati yuqori ekanini ko‘rsata oldi.
20 yoshli futbolchimiz Rossiya Premer-ligasidagi debyut mavsumini muvaffaqiyatli o‘tkazib, chempionatning asosiy kashfiyoti bo‘ldi, yilning eng yaxshi o‘yinchisi g‘olibligiga davo’garlik qilgan o‘n nafar futbolchi qatoridan joy oldi.
Bundan bir necha hafta muqaddam Italiya futboli, xususan, “Parma” klubi faoliyatini yoritib kelayotgan www.parmalive.com sayti A Seriyaga qaytgan klub Abbosbek Fayzullayev qiziqayotgani haqida ma’lumot tarqatgan edi.
Bugungi kunga kelib, parmaliklarning qiziqishi susaymagan. Klub tarkibni yuqori divizionga moslamoqchi. Shu bois, bir necha iqtidorli o‘yinchilar nishonga olingan. Bu haqda mazkur sayt eksperti Juzeppe Emanuele Frizone ma’lum qildi.
- Abbosbek Fayzullayev Rossiya futboliga katta ta’sir o‘tkazishda davom etmoqda. 2003 yilda tug‘ilgan o‘zbekistonlik pleymeykerga bir necha hafta avval “Parma” e’tibor qaratgandi. Yaqindagida Fayzullayev o‘zini eng yaxshi yosh o‘yinchi sifatida namoyon qilib, “Yil kashfiyoti” sovrinini qo‘lga kiritdi.
“O‘zbek Messisi” laqabi bilan ham mashhur Abbosbek Fayzullayev hozir SSKA o‘yinchisi hisoblanadi, lekin yaqin haftalar ichida unga Yevropa klublarining qiziqishlari ortishi kutilyapti.
Iqtidorli pleymeyker boshqa yutuqlaridan tashqari, O‘zbekiston terma jamoasi safida yozgi Olimpiya o‘yinchilarining futbol turnirida ishtirok etishi kerak.
Bu musobaqadagi muvaffaqiyatli o‘yin unga bo‘lgan qiziqishning ortishiga va o‘z navbatida transfer summasi oshishiga olib keladi, - deb yozdi Juzeppe Emanuele Frizone.
Abbosbek Fayzullayev Rossiya Premer-ligasi va mamlakat kubogi doirasida SSKA safida jami 32 ta uchrashuvda qatnashib, beshta gol va 14 ta assist muallifi bo‘ldi.
Transferlarga ixtisoslashgan transfermarkt.world portali o‘zbekistonlik hujumkor futbolchini yangilangan reytingda 6 million yevroga baholamoqda.
Abbosbek Fayzullayev O‘zbekiston milliy va olimpiya terma jamoalari safida Qatar mezbonlik qilgan ikkita Osiyo kubogida ishtirok etib, muxlisu mutaxassislar e’tibori va e’tirofiga sazovor bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi