Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Irlandiya terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvidan (3:0) urgan dubli haqida fikr bildirdi.
“Gol urish yoqimli, men o‘yindan zavq olishga harakat qilaman. Bilaman menda futbol o‘ynash uchun oz vaqt qoldi. 35 yoshga to‘lgandan keyin yildan yilga o‘ynash o‘zgacha zavq bag‘ishlaydi. Men 39 yoshdaman va har futbolda o‘tkazgan yilimdan zavq olyapman.
Gol urish hujayramning bir qismidir. Asosiysi, o‘zingizni sevimli ishingizga bag‘ishlash. Mening terma jamoaga bo‘lgan muhabbatim abadiydir. Terma jamoa bilan sovrin? Men buni orzu qilaman”, — deb Ronaldu so‘zlarini keltirmoqda Record nashri SportTV ko‘rsatuviga tayanib.
Ma’lumot uchun, Irlandiya bilan o‘yin Ronaldu uchun 1226-o‘yin bo‘ldi va bu jahon rekordi hisoblanadi.
2024 yilgi Yevropa chempionati Germaniyada bo‘lib o‘tadi. Turnir 14 iyundan 14 iyulga qadar davom etadi. Guruhda birinchi va ikkinchi o‘rinlarni egallagan jamoalar, shuningdek, to‘rtta eng yaxshi uchinchi o‘rin egalari 1/8 finalga yo‘l oladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»