08:58 / 15.06.2024
91

Yevro—2024. Germaniya 6 ta gol urilgan o‘yinda Shotlandiyani tor-mor etdi

Yevro—2024. Germaniya 6 ta gol urilgan o‘yinda Shotlandiyani tor-mor etdi
Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionati A guruhining 1-turida Germaniya terma jamoasi 14 iyun, juma kuni Shotlandiyaga qarshi bahs olib bordi.

Musobaqaning ochilish o‘yinida 10-daqiqadayoq hisob ochildi. Florian Virs nemislarni hisobda oldinga olib chiqdi. 19-daqiqada esa Jamal Musiala jamoasining ajoyib kombinatsiyasini golga aylantirdi. Bo‘lim oxirida esa shotlandlar bir kishi kam bo‘lib qoldi. Porteus jarima maydoni ichida Gyundoganga qarshi qo‘pollik ishlatdi va qizil kartochka oldi. Penaltini esa Havers aniq amalga oshirib, hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.

Ikkinchi bo‘limda ham nemislar gegemonligi davom etdi. 68-daqiqada endigina maydonga tushgan Fyullkrug Germaniyaning 4-goliga mualliflik qildi. 87-daqiqada Antonio Ryudiger o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. O‘yinga esa Emre Jan ajoyib gol bilan yakun yasadi.

Shu tariqa o‘yin 5:1 hisobida Germaniyaning g‘alabasi bilan yakunlandi.

Guruhning ikkinchi o‘yini Vengriya va Shveysariya o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv 15 iyun kuni 18:00 da start oladi.

Yevro—2024
1-tur
14 iyun, juma

Germaniya – Shotlandiya 5:1
Gollar
: 1:0 – 10 Virs, 2:0 – 19 Musiala, 3:0 – 45+1 Havers (penalti), 4:0 – 68 Fyullkrug, 4:1 – 87 Ryudiger (avtogol), 5:1 — 90+3 Jan.
Germaniya: Noyer, Ryudiger, Ta, Mittelshtedt, Kroos (Jan, 80), Gyundogan, Andrix (Gross, 46), Virs (Sane, 63), Kimmix, Havers (Fyullkrug, 63), Musiala (Myuller, 74).
Shotlandiya: Gann, Ralston, Tirni (Makkenna, 77), Hendri, Porteus, Robertson, Makginn (Maklin, 67), Kristi (Shenklend, 82), Makgregor (Gilmor, 67), Maktominey, Adams (Henli, 46).

Ogohlantirishlar: Andrix (31), Ralston (48), Ta (62).
Chetlatish: Porteus (44).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yevro—2024. Germaniya 6 ta gol urilgan o‘yinda Shotlandiyani tor-mor etdi