01:42 / 16.06.2024
124

Yevro—2024. Shveysariya hamda Ispaniya ishonchli hisobda g‘alaba qozondi

Yevro—2024. Shveysariya hamda Ispaniya ishonchli hisobda g‘alaba qozondi
Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionatining A guruhining 1-turida Vengriya Shveysariya bilan bahs olib bordi.

Uchrashuvning 12-daqiqasida Kvadbo Dua hisobni ochdi. Mishel Ebisher 45-daqiqada hisobni 0:2 ko‘rinishiga olib keldi.

Ikkinchi bo‘limning boshida Vengriya hisobni qisqartirdi. 66-daqiqada urilgan golga Barnabash Varga mualliflik qildi. Qo‘shib berilgan daqiqalarda Brel Embolo hisobni yakuniy—1:3 ko‘rinishiga olib keldi.

Vengriya – Shveysariya 1:3
Gollar
: Varga 66' – Dua 12', Ebisher 45', Embolo 90+3'

Vengriya – Gulachi, Fiola, Orban, Lang (Bolla, 46), Salai (Darday, 79), Kerkez (Adam, 79), Shallai, Nad (Klyaynxaysler, 67), Soboslai, Shafer, Varga.
Shveysariya – Zommer, Vidmer (Stergiu, 68), Rodriges, Sher, Akanji, Jaka, Froyler (Serro, 86), Ebisher, Vargas (Embolo, 74), Dua (Amduni, 68), Ndoye (Rider, 86).
Ogohlantirishlar: Vidmer (5), Froyler (59), Salai (69), Fiola (87).
Shunday qilib A guruhida Germaniya va Shveysariya 3 ochko bilan guruh yetakchiligini saqlab turibdi.

B guruhining 1-turida Ispaniya terma jamoasi 15 iyun kuni Xorvatiyaga qarshi bahs olib bordi.

O‘yinning 29-daqiqasida Alvaro Morata hisobni ochdi. Uch daqiqa o‘tib Fabian Ruis hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi. Bo‘lim yakunlanish pallasida Dani Karvahal hisobni yiriklashtirdi.

Ikkinchi bo‘limda jamoalar har qancha urinmasin hisobni o‘zgartira olmadi. Shunday qilib, Ispaniya birinchi turda 3 ochkoga ega chiqib, B guruhi yetakchisiga aylandi.

Ispaniya - Xorvatiya 3:0
Gollar
: 1:0 – 29 Morata, 2:0 – 32 Fabian Ruis, 3:0 – 45+2 Karvaxal.
Ispaniya – Unai Simon, Karvaxal, Nacho, Le Norman, Kukurelya, Fabian Ruis, Rodri (Subimendi, 86), Pedri (Olmo, 59), Uilyams (Merino, 68), Yamal (Ferran Torres, 86), Morata (Oyarsabal, 67).
Xorvatiya – Livakovich, Stanishich, Shutalo, Pongrachich, Gvardiol, Modrich (Pashalich, 65), Kovachich (Suchich, 65), Brozovich, Mayer, Kramarich (Petkovich, 72), Budimir (Perishich, 56).
Ogohlantirish: Rodri (78).

B guruhining ikkinchi bahsi bugun, 15 iyun kuni tunda bo‘lib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yevro—2024. Shveysariya hamda Ispaniya ishonchli hisobda g‘alaba qozondi