Yevro-2024 ikki guruhda dastlabki o‘yinlar o‘tkazildi. Pley-offga kimlar yaqinroq? Va 1/8 finalga chiqish uchun qaysi jamoalarga keyingi turlarda qanday natijalar kerak? Quyida shu haqda.
A guruhi
A guruhida kutilganidek Germaniya yaqqol favorit. Ochilish o‘yinida mezbonlar Shotlandiyani yirik hisobda tor-mor etishgandi — 5:1. Shveysariya ham Vengriyani ishonchli tarzda mag‘lub etib (3:1) ikkinchi o‘rinda joylashdi.
Vengriya — Shveysariya 1:3
Gollar: Varga (66) — Dua (12), Ebisher (45), Embolo (90+3).
Vengriya – Gulachi, Fiola, Orban, Lang (Bolla, 46), Salai (Dardai, 79), Kerkez (Adam, 79), Shallai, Nad (Klyaynhaysler, 67), Soboslai, Shafer, Varga.
Shveysariya – Zommer, Vidmer (Stergiu, 68), Rodriges, Sher, Akanji, Ebisher, Jaka, Froyler (Siyerro, 86), Vargas (Embolo, 74), Ndoye (Rider, 86), Dua (Amduni, 68).
Ogohlantirishlar: Vidmer (5), Froyler (59), Salai (69), Fiola (88).
Vengrlarni Yevro saralashidagi muvaffaqiyatli ishtirok uchun (Serbiyani ortda qoldirib, guruhida birinchi o‘rin bilan chiqqandi) shunchalik ko‘p maqtashdiki, bu uchrashuv arafasida maydonga teng kuchli raqiblar chiqib keladigandek tasavvur uyg‘ongandi. Amalda esa shveysariyaliklar 12-daqiqadayoq hisobni ochishdi — Kvadvo Dua gol muallifi. Birinchi bo‘lim davomida hisob 2:0 ko‘rinishiga keldi — tanaffus arafasida Mixel Ebisher to‘pni darvoza to‘riga mixladi.
Ikkinchi bo‘lim esa butkul boshqacha boshlandi. Vengrlar jonlandi va Shveysariya darvozasiga bosim uyushtirdi. Natijada haqli gol urishdi — Barnabash Varga 66-daqiqada 23 yoshli sardor Dominik Soboslaining uzatmasidan keyin hisobni qisqartirdi.
Vengriyalik ulkan gavdali hujumchi Martin Adam Yevropa chempionatida kun qahramonlaridan biriga aylandi. Ikkinchi bo‘limda zaxiradan tushirilgan hujumchi barcha yakkakurashlarda ustun keldi.
Ammo vengrlarning bundan ortig‘iga kuchi yetmadi. Vaziyatlar kamaya bordi, kambek qilish uchun vaqt ham. Shveysariya esa uchinchi golni ham urdi: Bril Embolo Villi Orbanning qo‘pol xatosidan foydalanib, darvozabon bilan yakkama-yakka chiqib ketdi va to‘pni uning ustidan oshirib tashladi — 3:1.
Endi 2-turda shveysarlar Shotlandiya bilan, nemislar esa — vengrlar bilan o‘ynaydi. Germaniya va Shveysariya bu o‘yinlarda ham g‘alaba qozonsa, pley-off yo‘llanmasini 100 foizga hal qiladi. Shu bilan birga, durang hisob ham jamoalarni keyingi bosqichga yaqinlashtiradi.
Eng og‘ir vaziyat Vengriyada yuzaga kelgan. Jamoani Germaniyaga qarshi bahs kutmoqda, bu o‘yinda esa uch ochko olish haddan tashqari qiyin. Shotlandiya Shveysariyani yengishini tasavvur qilish esa bundan osonroq. Bu holda britaniyaliklar 1/8 final uchun imkoniyatlarini sezilarli darajada yaxshilaydi. Chunki oltita guruhdagi uchinchi o‘rin egalaridan eng yaxshi to‘rttasi ham pley-offga chiqadi. Har bir ochko muhim.
O‘zaro o‘yinlardagi natija muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Ochkolar teng kelib qolgan taqdirda o‘zaro uchrashuvlar natijasiga qarab kim yuqoriroqda joylashi belgilanadi. Masalan, shveysariyaliklar allaqachon vengrlardan ustunlikka ega, bu 3-turdan keyin muhim omilga aylanadi. Germaniya esa ochkolar teng kelib qolgan taqdirda Shotlandiyadan tepada turadi.
A guruhida 2-tur o‘yinlari:
Germaniya — Vengriya, 19 iyun, 21:00;
Shotlandiya — Shveysariya, 19 iyun, 00:00.
V guruhi
Ispaniya to‘pga egalik qilish borasida ortda qoldi — bu 136 o‘yindan keyin ilk bor kuzatildi! Ammo jamoa Yevro g‘olibligi uchun da’vogar
Ispaniya — Xorvatiya 3:0
Gollar: Morata (29), Ruis (32), Karvaxal (45+2).
Aniq ijro etilmagan penalti: Petkovich (80).
Ispaniya – Simon, Karvaxal, Nacho, Le Norman, Kukurelya, Fabian Ruis, Rodri (Subimendi, 86), Pedri (Olmo, 59), Uilyams (Merino, 68), Yamal (Ferran Torres, 86), Morata (Oyarsabal, 67).
Xorvatiya – Livakovich, Stanishich, Shutalo, Pongrachich, Gvardiol, Modrich (Pashalich, 65), Kovachich (Suchich, 65), Brozovich, Mayer, Kramarich (Petkovich, 72), Budimir (Perishich, 56).
Ogohlantirish: Rodri (78).
Xorvatlar doim jahon chempionatlarida kuchli ishtirok etishadi, Yevroda esa muammolar yuzaga keladi. Tarkib yosharmayapti, bu ayniqsa yosh ispanlar fonida sezilib qoldi. 16 yoshli Lamin Yamal Xorvatiya mudofaasini parokanda qildi, ammo gollarni boshqalar urishdi. Birinchi bo‘lim o‘rtalarida ispanlar uch daqiqa ichida darvozani ikki bor ishg‘ol etishdi — gollar Alvaro Morata va Fabian Ruis hisobiga yozildi. Tanaffus arafasida esa himoya vakili — Dani Karvaxal hisobni 3:0 ko‘rinishiga keltirdi.
Ikkinchi bo‘limda ispanlar tinchlanishdi va keyingi o‘yinlar uchun kuch tejay boshladi. Jamoa o‘yinni nazorat qilishga qodirligini ko‘rsatdi va yo‘q joydan muammo yaratmadi. E’tiborli tomoni — ispanlar 136 o‘yinlik seriyadan keyin ilk bor to‘pga egalik qilish borasida raqibdan ortda qoldi (53 foizga qarshi 47), ammo bu umumiy kartinaga ta’sir ko‘rsatmadi.
Xorvatlar esa golga haqli o‘ynadi va gol urishi ham kerak edi. O‘yinning asosiy vaqti yakuniga 10 daqiqa qolganida jamoa penalti tepish huquqiga ega bo‘ldi, ammo baribir asosiy e’tibor hakam Maykl Oliverga qaratildi. U raqibni gol urish imkoniyatdan mahrum etib, jarima maydoni ichida yaqqol fol ishlatgan Rodrini maydondan chetlatmadi.
Keyin esa — Unay Simonning seyvidan keyin — Oliver hujumning ikkinchi tempida urilgan golni bekor qildi, chunki qaytgan to‘pga yetib kelib, Petkovichga uzatma bergan Ivan Perishich muddatidan oldin jarima maydoniga kirib kelgan deb topildi.
O‘yin oxirida kuchli bosim uyushtirgan xorvatlar baribir yirik mag‘lubiyatga uchrashdi.
Italiya 23-soniyadayoq gol o‘tkazib yubordi, ammo irodali g‘alabaga erishdi. Spalletti jamoasi «o‘lim guruhi»da qolib ketmaydi
Italiya — Albaniya 2:1
Gollar: Bastoni (11), Barella (16) — Bayrami (1).
Italiya – Donnarumma, Di Lorenso, Bastoni, Kalafiori, Dimarko (Darmian, 83), Jorjinio, Barella (Folorunsho, 90+2), Frattezi, Pellegrini (Kristante, 77), Keza (Kambiyazo, 77), Skamakka (Retegi, 83).
Albaniya – Strakosha, Hyusay, Jimsiti, Ayeti, Mitay, Bayrami (Muchi, 87), Ramadani, Aslani, Asani (Xoja, 68), Seferi (Lyachi, 68), Broya (Manay, 77).
Ogohlantirishlar: Pellegrini (21), Kalafiori (51), Broya (51), Xoja (74).
O‘yin albanlarning rekord darajadagi tezkor goli bilan boshlandi. Autsayder jamoa hujumchisi Bayrami 23-daqiqadayoq Yevropaning amaldagi chempionlari darvozasini ishg‘ol etdi va bu Yevropa chempionatlari tarixidagi eng tezkor gol bo‘ldi.
Lekin bu Albaniya muxlislarining so‘nggi xursandchiligi bo‘ldi. Italyanlar darhol ikkita gol bilan javob qaytardi: 11-daqiqada himoyachi Alessandro Bastoni, 16-daqiqada yarimhimoyachi Nikolo Barella. Va shundan keyin ham Luchano Spalletti jamoasi bosim qilishni davom ettirdi, ammo hujum chizig‘i vakillarida aniqlik yetishmadi.
Ikkinchi bo‘lim esa birinchisiga qaraganda zerikarliroq kechdi va vaziyatlar kamroq bo‘ldi. Albaniya futbolchilari charchab qolishdi, Italiyani esa minimal hisobdagi g‘alaba qoniqtirardi.
Birinchi turdan keyin ispanlar va italiyaliklar 3 tadan ochko jamg‘arib, guruhdan chiqish imkoniyatini yaxshilab olishgan. Keyingi turda bu ikki jamoa o‘zaro o‘ynaydi. G‘olib pley-off yo‘llanmasini kafolatlaydi. Durang qayd etilgan holatda ikki jamoa ham 1/8 finalga maksimal darajada yaqinlashadi, 4 ochko bilan eng yaxshi 16 jamoa safiga kirish imkoniyati yuqori bo‘ladi.
Xorvatiya esa keyingi turda Albaniyani yengishi talab etiladi. Bu jamoalarning ikkisiga ham kurashni davom ettirish uchun g‘alaba zarur. Mag‘lub bo‘lgan jamoa pley-offga chiqishdan umid uzsa ham bo‘ladi.
B guruhida 2-tur o‘yinlari:
Xorvatiya — Albaniya, 19 iyun, 18:00;
Ispaniya — Italiya, 20 iyun, 00:00. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»