Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionatining D guruhining 1-turida Polsha Niderlandiya bilan bahs olib bordi.
Uchrashuvning 16-daqiqasida Polsha futbolchisi Buksa hisobni ochdi. 29-daqiqada Kodi Gakpo muvozanatni tikladi. Bo‘lim durang natija bilan yakunlandi.
Ikkinchi bo‘limda gollandlar to‘pni ko‘proq nazorat qildi va 83-daqiqada hisobda oldinga chiqib olishga muvaffaq bo‘ldi. Vegorst jamoasining hujumini gol bilan yakunladi.
Qolgan daqiqalarda darvozalar ishg‘ol etilmadi va o‘yinda Niderlandiyaning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Guruhning ikkinchi o‘yinida Fransiya Avstriyaga qarshi maydonga tushadi.
Yevro—2024
1-tur
16 iyun, yakshanba
Polsha – Niderlandiya 1:2
Gollar: 1:0 – 16 Buksa, 1:1 – 29 Gakpo, 1:2 – 83 Vegorst.
Polsha: Shensni, Salamon (Bereshinski, 86), Bednarek, Kiver, Frankovski, Zalevski, Zelinski (Petrovski, 78), Romanchuk (Slish, 55), Shimanski (Moder, 46), Urbanski (Sviderski, 55), Buksa.
Niderlandiya: Verbryuggen, Dumfris, de Vrey, van Deyk, Ake (van de Ven, 87), Sxauten, Verman (Veynaldum, 62), Reynders, Simons (Malen, 62), Gakpo (Frimpong, 81), Depay (Vegorst, 81).
Ogohlantirish: Verman (15). “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»