09:54 / 19.06.2024
137

Yevro-2024. Portugaliya so‘nggi daqiqalardagi gol evaziga Chexiyani irodali tarzda mag‘lub qildi

Yevro-2024. Portugaliya so‘nggi daqiqalardagi gol evaziga Chexiyani irodali tarzda mag‘lub qildi
Futbol bo‘yicha Yevropa chempionati birinchi turidan o‘rin olgan so‘nggi uchrashuv 18 iyun, seshanba kuni bo‘lib o‘tdi. Unda Portugaliya hamda Chexiya milliy jamoalari o‘zaro to‘qnash keldi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida Portugaliya to‘liq hujumga o‘tdi. Chexiya termasi to‘liq tarkib bilan himoyalandi. Darvozabon hamda himoyachilarning ishonchli harakati sabab hisob ochilmadi.

Ikkinchi bo‘limda ham o‘yin ssenariysi birinchi bo‘limdagidek boshlandi. Ammo kam sonli hujumlardan birida Chexiya terma jamoasi hisobni ochdi. 62-daqiqada urilgan golga Provod mualliflik qildi. Shundan so‘ng portugallar ustunlikni qo‘lga kiritishga va raqib darvozasi oldida xavfli vaziyatlar yaratishga harakat qildi. Uchrashuvning 69-daqiqasida Robin Granach darvozabondan qaytgan to‘pni o‘z darvozasiga kiritib qo‘ydi — 1:1.

85-daqiqada Diogo Jota tomonidan gol urildi, ammo gol VAR tekshiruvidan so‘ng ofsayd sabab bekor qilindi. Qo‘shib berilgan daqiqalarda Portugaliya terma jamoasi futbolchisi Fransisko Konseysau himoyachilarning xatosidan unumli foydalanib, raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Shu tariqa ushbu o‘yin portugallarning g‘alabasi bilan yakunlandi.

Ushbu guruhdan o‘rin olgan dastlabki uchrashuvda g‘alaba qozongan Turkiya guruh yetakchisiga aylandi. To‘plar nisbatida bitta gol farqi sabab Portugaliya ikkinchi o‘ringa joylashdi.

Yevro—2024
1-tur
18 iyun, seshanba

Portugaliya – Chexiya 3:1
Gollar
: 0:1 — Provod (62), 1:1 — Hranach (69, avtogol), 2:1 — Konseysau (90+2).
Portugaliya: Koshta, Dalot (Inasiu, 63), Pepe, Diash, Mendesh (Netu, 90), Kanselu (Semedu, 90), Fernandesh, Vitinya (Konseysau, 90), Silva, Leau (Jota, 63), Ronaldu.
Chexiya: Stanek, Soufal, Hranach, Holesh (Xori, 90+3), Kreychi, Doudera, Provod (Barak, 79), Souchek, Shuls (Shevchik, 79), Shik (Xitil, 61), Kuxta (Lingr, 60).
Ogohlantirishlar: Leau (39), Shik (57), Konseysau (90+3).

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yevro-2024. Portugaliya so‘nggi daqiqalardagi gol evaziga Chexiyani irodali tarzda mag‘lub qildi
ePN