
Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionatining C guruhida Angliya va Daniya terma jamoalari 20 iyun, payshanba kuni o‘zaro bahs olib bordi.
Uchrashuvning 18-daqiqasida Harri Keyn hisobni ochdi. 34-daqiqada Yulmand hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Birinchi bo‘lim durang natija bilan yakunlandi.
Ikkinchi bo‘lim boshida inglizlar faolroq harakat qildi. Bo‘lim o‘rtalarida esa Daniya ham qator xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirdi. Ikkinchi bo‘lim oxiriga qadar darvozalar ishg‘ol etilmadi.
Shu tariqa o‘yin 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi.
C guruhida yana bir o‘yin Sloveniya va Serbiya o‘rtasida kechdi. Ushbu uchrashuv ham 1:1 hisobi bilan yakunlandi.
Yevro—2024
2-tur
20 iyun, payshanba
Daniya – Angliya 1:1
Gollar: 0:1 – 18 Keyn, 1:1 – 34 Yulmand.
Daniya: Shmeyxel, Mele, Vestergor, Kristensen, Andersen, Kristiansen (Ba, 57), Eriksen, Hyoyberg, Yulmand, Vind (Damsgor, 57), Heylund (Poulsen, 67).
Angliya: Pikford, Uoker, Stounz, Gehi, Tripper, Aleksander-Arnold (Gallaher, 54), Rays, Foden (Bouen, 69), Bellingem, Saka (Eze, 69), Keyn (Uotkins, 70).
Ogohlantirishlar: Vestergor (27), Gallaher (61), Mele (73). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar