
Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionati 2-turida Ispaniya va Italiya o‘zaro bahs olib bordi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida ispanlar ko‘proq to‘pni nazorat qilgan bo‘lsa-da, hisob ochilmadi.
Ikkinchi bo‘limda ham Ispaniya hujumkorlikni davom ettirdi. 55-daqiqaga kelib, bu hujumlar ish berdi. Ispanlarning hujumini italyan Kalafori o‘z darvozasiga gol urib, yakunladi.
Qolgan daqiqalarda darvozalar ishg‘ol etilmadi va ispanlar yagona avtogol evaziga Italiyani mag‘lub etdi.
Guruhning boshqa bir o‘yinida Xorvatiya Albaniya bilan durang qayd etdi.
Yevro—2024
2-tur
20 iyun, payshanba
Ispaniya – Italiya 1:0
Gol: 1:0 – 55 Kalafori (avtogol).
Ispaniya: Unai Simon, Karvaxal, Laport, Le Norman, Kukurelya, Fabian Ruis, Rodri, Pedri (Aleks Baena, 71), Uilyams (Peres, 78), Yamal (Ferran Torres, 71), Morata (Oyarsabal, 78).
Italiya: Donnarumma, Di Lorenso, Bastoni, Kalafori, Dimarko, Jorjino (Kristante, 46), Barella, Frattezi (Kambyazo, 46), Pellegrini (Raspadori, 82), Keza (Zakkanyi, 64), Skamakka (Retegi, 64).
Ogohlantirishlar: Donnarumma (15), Rodri (45+2), Kristante (46), Le Norman (69). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar