23:28 / 21.06.2024
201

Bahodir Jalolov Rossiyada o‘tayotgan musobaqada raqibini mag‘lub etib, finalga chiqdi

Bahodir Jalolov Rossiyada o‘tayotgan musobaqada raqibini mag‘lub etib, finalga chiqdi
Foto: Boks federatsiyasi matbuot xizmati
Rossiyaning Qozon shahrida BRICS sport o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zbekiston boks terma jamoasi 21 iyun kuni o‘z ishtirokini o‘tkazdi. 13 nafar bokschi raqiblariga qarshi ringga ko‘tarildi.

+92 kg vazn toifasida harakat qilgan Bahodir Jalolov rossiyalik David Surovni mag‘lub etdi.

21 iyun kun natijalariga ko‘ra quyidagi bokschilar finalga yo‘l oldi:
-48 kg: Shodiyorjon Meliqo‘ziyev
-54 kg: Shahzod Muzafarov
-57 kg: Hudoynazar Fayzov
-60 kg: Dilshod Abdumurodov
-67 kg: Shavkatjon Boltayev
-71 kg: Havasbek Asadullayev
-75 kg: Javohir Ummataliyev
-80 kg: To‘rabek Habibullayev
-92 kg: Madiyar Saydrahimov
+92 kg: Bahodir Jalolov
-54 kg: Nigina O‘ktamova
-75 kg: Aziza Zokirova

Bronza medallariga ega chiqqan o‘zbekistonliklar:
-51 kg: Asilbek Jalilov
-63,5 kg: Adhamjon Muhiddinov
-86 kg: Shohjahon Abdullayev
-52 kg: Feruza Kazakova
-57 kg: Sitora Turdibekova
-63 kg: Dilfuza Bekova
-70 kg: Mavluda Movlonova
-81 kg: Oltinoy Sotimboyeva

Ertaga musobaqaning final bahslari bo‘lib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bahodir Jalolov Rossiyada o‘tayotgan musobaqada raqibini mag‘lub etib, finalga chiqdi