
Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionatining F guruhida Turkiya va Portugaliya terma jamoalari 22 iyun, shanba kuni o‘zaro bahs olib bordi.
Uchrashuvning dastlabki daqiqalaridan Portugaliya to‘liq ustunlikni qo‘lga oldi. 21-daqiqada Bernardu Silva hisobni ochdi. 7 daqiqa o‘tib Portugaliyaning shiddatli hujumidan so‘ng Turkiya futbolchilari o‘z darvozasiga to‘p kiritib qo‘ydi.
Ikkinchi bo‘lim ham portugallarning hujumlari bilan boshlandi. 55-daqiqaga kelib hujumlar samara berdi. Portugaliya futbolchisi Krishtianu Ronaldu darvozabon bilan birga bir holatga keldi. Ronaldu to‘pni Brunu Fernandeshga yetkazib berdi va u aniq harakat qilib, hisobni 0:3 ko‘rinishiga olib keldi.
Shu tariqa 6 ochko to‘plagan Portugaliya keyingi bosqich masalasini hal qildi.
Brununing goliga hammualliflik qilgan Ronaldu assistlar bo‘yicha chempionatning eng yaxshi natija qayd etgan futbolchiga yetib oldi.
Yevro—2024
2-tur
22 iyun, shanba
Turkiya — Portugaliya 0:3
Gollar: Bernardu Silva - 21', Samet Akaydin - 28' (avtogol), Brunu Fernandesh - 56'
Turkiya: Bayindir, Chelik, Bardakji, Akaydin, Ayxan, Kadioglu, Chalxanoglu, Kekchyu, Akgyun, Aktyurkoglu, Yilmaz.
Portugaliya: Diogu Koshta, Joau Kanselu, Pepe, Ruben Diash, Mendesh, Brunu Fernandesh, Palinya, Vitinya, Bernardu Silva, Rafael Leau, Ronaldu. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar