Yozgi transferlar davomida “Chelsi” tarkibida jiddiy o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, “Chelsi” mutasaddilari sakkiz nafar futbolchi bilan xayrlashadi va ularning o‘rniga to‘rt nafar yangi ijrochi olib kelinadi.
Ketadigan futbolchilar orasida asosiy tarkibga kira olmagan Armando Broyya, “Ipsvich”da o‘ynab kelgan Omari Xatchinson, “Real”ga jo‘natilgan Kepa Arrisabalaga, Bundesligada porlagan Ian Maatsen, “Roma”ga borgan Romelu Lukaku, jamoaga kerak bo‘lmay qolgan Trevo Chaloba, Konor Gallaxer va Rahim Sterling nomlari bor.
Bu transferlar orqali “aristokratlar” 250 million funt miqdorida mablag‘ ishlab olmoqchi.
Bu pullar “Bolonya” himoyachisi Rikkardo Kalafori, “Aston Villa” hujumchisi Jon Dyuran, “Atletiko” forvardi Samyuel Omorodion va “Kristal Pelas” yetakchisi Maykl Olise kabi o‘yinchilarni olishga yo‘naltiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi