04:29 / 24.06.2024
167

Yevro—2024. Germaniya Shveysariya bilan durang o‘ynadi, Vengriya esa Shotlandiyani mag‘lub etdi

Yevro—2024. Germaniya Shveysariya bilan durang o‘ynadi, Vengriya esa Shotlandiyani mag‘lub etdi
Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionatining A guruhi 3-turdan o‘rin olgan o‘yinlar 23 iyun, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Musobaqa mezboni Germaniya Shveysariyaga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning 28-daqiqasida Ndoye hisobni ochdi. O‘yin oxirida esa Fyullkrug gol urib, jamoasining durang natijasini ta’minlab beruvchi gol muallifiga aylandi. Shu tariqa uchrashuv 1:1 hisobi bilan yakunlandi.

Guruhning ikkinchi o‘yinida Shotlandiya Vengriyaga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvning asosiy bo‘limlarida durang natija qayd etildi, biroq hakam qo‘shib bergan daqiqalarning so‘nggi soniyalarida Vengriya futbolchisi Chobot jamoasiga g‘alaba keltiruvchi golni urdi.

A guruhida 3-tur o‘yinlar yakunlanganidan so‘ng turnir jadvali quyidagicha ko‘rinish oldi:

Yevro—2024
3-tur

23 iyun, yakshanba
Shveysariya – Germaniya 1:1
Gol
: 1:0 – 28 Ndoye, 1:1 — 90+2 Fyullkrug.
Shveysariya: Zommer, Vidmer, Rodriges, Sher, Akanji, Ebisher, Jaka, Froyler, Rider (Vargas, 65), Ndoye (Amduni, 65), Embolo (Dua, 65).
Germaniya: Noyer, Ryudiger, Ta (Shlotterbek, 61), Mittelshtedt (Raum, 61), Kroos, Gundogan, Andrix (Bayer, 65), Virs (Sane, 76), Kimmix, Havers, Musiala (Fyullkrug, 76).
Ogohlantirishlar: Ndoye (25), Ta (38), Jaka (67), Vidmer (81).

Shotlandiya – Vengriya 0:1
Gol
: 0:1 — 90+10 Chobot
Shotlandiya: Gann, Ralston (Maklin, 83), Henli, Makkenna, Hendri, Robertson, Makgregor, Makginn (Armstrong, 76), Maktominey, Gilmor (Kristi, 83), Adams (Shenklend, 76).
Vengriya: Gulachi, Bolla, Orban, Botka (Chobot, 86), Dardai (Salai, 74), Nad, Kerkez, Staylz (Nad, 61), Shallai, Soboslai, Shafer, Chobot, Varga (Adam, 74).
Ogohlantirishlar: Staylz (18), Orban (26), Shafer (44), Maktominey (50), Klyaynxaysler (75).

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yevro—2024. Germaniya Shveysariya bilan durang o‘ynadi, Vengriya esa Shotlandiyani mag‘lub etdi
ePN