03:20 / 25.06.2024
291

Yevro—2024. Italiya so‘nggi daqiqada mag‘lubiyatdan qutulib qoldi, Ispaniyada yana g‘alaba (video)

Yevro—2024. Italiya so‘nggi daqiqada mag‘lubiyatdan qutulib qoldi, Ispaniyada yana g‘alaba (video)
Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionatining B guruhi 3-turdan o‘rin olgan o‘yinlar 24 iyun, dushanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Xorvatiya Italiyaga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning birinchi bo‘limida darvozalar ishg‘ol etilmadi. Ikkinchi bo‘limni esa faolroq boshlagan xorvatlar penalti ishlab oldi. Luka Modrich ushbu penaltini noaniq amalga oshirdi, biroq jamoasi hujumni davom ettirdi va aynan Luka o‘yindan gol urib, hisobni ochdi.

Hakam qo‘shib bergan daqiqalarda esa Zakkanyi hisobni tenglashtirdi va jamoasining durang natijasini ta’minladi.

Guruhning ikkinchi o‘yinida Ispaniya Albaniya ustidan kichik hisobda g‘alaba qozondi. Uchrashuvdagi yagona gol 13-daqiqada Ferran Torres tomonidan urildi.

B guruhida 3-tur o‘yinlar yakunlanganidan so‘ng turnir jadvali quyidagicha ko‘rinish oldi:

Yevro—2024
3-tur

24 iyun, dushanba
Xorvatiya – Italiya 1:1
Gollar
: 1:0 – 55 Modrich, 1:1 — 90+8 Zakkanyi.
Xorvatiya: Livakovich, Stanishich, Shutalo, Pongrachich, Gvardiol, Modrich (Maer, 80), Kovachich (Ivanushes, 70), Brozovich, Pashalich (Budimir, 46), Suchich (Perishich, 70), Kramarich.
Italiya: Donnarumma, Di Lorenso, Darmian (Zakkanyi, 81), Bastoni, Kalafori, Dimarko (Keza, 57), Jorjino (Fajoli, 81), Barella, Pellegrini (Frattezi, 46), Raspadori (Skamakka, 75), Retegi.
Ogohlantirishlar: Suchich (24), Modrich (60), Ivanushes (73), Pongrachich (78), Stanishich (82).

Albaniya – Ispaniya 0:1
Gol
: 0:1 – 13 Ferran Torres.
Albaniya: Strakosha, Baliu, Jimshiti, Ayeti, Mitay, Lyachi (Berisha, 70), Bayrami (Xoja, 70), Ramadani, Aslani, Asani (Muchi, 81), Manay (Broya, 59).
Ispaniya: Rayya, Navas, Laport (Le Norman, 46), Vivian, Grimaldo, Merino, Olmo (Aleks Baena, 84), Subimendi, Oyarsabal (Lopes, 62), Ferran Torres (Yamal, 71), Xoselu (Morata, 72).
Ogohlantirishlar: Silvino (52), Bayrami (66), Berisha (89).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yevro—2024. Italiya so‘nggi daqiqada mag‘lubiyatdan qutulib qoldi, Ispaniyada yana g‘alaba (video)