
Foto: PFL
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 13-turida “Olimpik” 25 iyun, seshanba kuni “Surxon”ga qarshi bahs olib bordi.
Uchrashuvning 29-daqiqasida Shahzod Toirov hisobni ochdi. Bo‘lim oxirida surxondaryoliklar futbolchisi Sunnatulloh Hamidjonov qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.
Ikkinchi bo‘limda ham “Olimpik” to‘pni nazorat qildi. 72-daqiqada yana bir “Surxon” vakili Nodir Ne’matxonov maydondan chetlatildi.
Uchrashuv oxirida Rian Islomov ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi va o‘yin “Olimpik”ning ishonchli hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Superliga
13-tur
25 iyun, seshanba
“Olimpik” – “Surxon” 2:0
Gollar: 1:0 — 29 Shahzod Toirov, 2:0 — 90 Rian Islomov.
“Olimpik”: 13. Hamidillo Abdunabiyev, 2. Saidazamat Mirsaidov, 7. Ibrohim Ibragimov, 8. Nodir Abdixoliqov, 10. Farruh Muxtorov, 11. Otabek Jo‘raqo‘ziyev, 19. Ahmadillo Muqumjonov, 22. Shahzod Toirov, 23. Abdurauf Bo‘riyev, 37. Alisher Odilov, 44. Asadbek Rahimjonov.
“Surxon”: 16. Dilshod Yo‘ldoshev, 2. Bobirjon Asqarov, 3. Sunnatulloh Hamidjonov, 4. Nodirxon Ne’matxonov, 7. Dostonbek Tursunov, 8. Humoyun Sherbo‘tayev, 9. Ulug‘bek Hoshimov, 10. Dmitriy Pletnev, 17. Jahongirbek Abdusalomov, 66. Behruz Shaydulov, 77. Asadbek Karimov.
Ogohlantirishlar: Saidazamat Mirsaidov (45+6), Behruz Shaydulov (62), Shahzod Toirov (78).
Chetlatishlar: Sunnatulloh Hamidjonov (38), Nodirxon Ne’matxonov (72), Abdurauf Bo‘riyev (90+7). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar