19:08 / 27.06.2024
601

Qozog‘istonlik bokschi Bahodir Jalolov haqida: “Uni nokautga uchrataman”

Qozog‘istonlik bokschi Bahodir Jalolov haqida: “Uni nokautga uchrataman”
Qozog‘istonlik professional bokschi Ivan Dichko (13-0, 12 KO) “Vesti.kz” nashriga bergan intervyusida o‘zbekistonlik Olimpiada chempioni Bahodir Jalolov bilan o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan jang haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Foto: “Meta-ratings.kz”
Sportchilar havaskor boksda to‘qnash kelgan. Janglarda Dichko to‘rt bora g‘alabani qo‘lga kiritgan. Qozog‘istonlik bokschining so‘zlariga ko‘ra, u professional boksdagi qobiliyatiga ham ishonadi.

Albatta, Jalolov sezilarli yutuqlarga erishdi, u kuchayib ketdi, ammo uning ustidan qozongan g‘alabalarim texnika va taktikadagi ustunligim tufayli edi”, — deya ta’kidladi Dichko.

Qozog‘istonlik bokschi Jalolov uzun bo‘yli bokschilarga xos uzoq masofadan ishlashga asoslangan taktika qo‘llashini va bu, albatta, muvaffaqiyat keltirishini ta’kidladi.

Jalolov — uzun bo‘yli bokschi, bu unga raqibini masofada ushlab turish imkonini beradi, bunda g‘ayritabiiy narsa yo‘q, bu baland bo‘yli bokschilar orasida odatiy hol”, — deya qo‘shimcha qildi Dichko.

Jalolov bilan bo‘lishi mumkin bo‘lgan jangning ehtimoliy natijasi haqidagi savolga javob berar ekan, Dichko o‘zining g‘alabasiga ishonch bildirdi.

Men bu jangda favorit bo‘lardim va balki nokaut bilan g‘alaba qozonishim ham mumkin”.

Foto: IBA
1980 yilgi Olimpiada kumush medali sovrindori Viktor Demyanenko ham “Vesti.kz” muxbiri bilan suhbatda qozog‘istonlik og‘ir vazndagi bokschi Ivan Dichko va O‘zbekiston terma jamoasi yetakchisi Bahodir Jalolov o‘rtasidagi ehtimoliy jang haqida gapirdi.

Agar ularning jangi muxlislar uchun qiziqarli bo‘lsa, uni o‘tkazish kerak. Qolaversa, Jalolov faoliyatida uzoq tanaffuslar bor: u ham professional, ham havaskor boksda jang qiladi. Janggacha bokschilar qanday formada bo‘lishlari aniq emas. Bu qiziqarli jang bo‘lardi, lekin men Dichko ko‘proq jang o‘tkazishi va reyting ochkolarini qo‘lga kiritishi kerak, deb o‘ylayman”, — dedi Demyanenko.

Eslatib o‘tamiz, Bahodir Jalolov 2024 yilgi Olimpiada o‘yinlarida 92 kilogrammdan yuqori vazn toifasida oltin medalga asosiy da’vogarlardan biri sanaladi.

Qozon (Rossiya) shahrida bo‘lib o‘tgan BRICS o‘yinlarida Bahodir Jalolov g‘alaba qozonib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Qozog‘istonlik bokschi Bahodir Jalolov haqida: “Uni nokautga uchrataman”