11:55 / 28.06.2024
120

Serbiya terma jamoasi darvozaboni barda muxlisga musht tushirdi

Serbiya terma jamoasi darvozaboni barda muxlisga musht tushirdi
Futbol bo‘yicha Serbiya terma jamoasi darvozaboni Vanya Milinkovich-Savich Daniya termasiga qarshi Yevropa chempionati guruh bosqichining so‘nggi o‘yini oldidan Myunxendagi barlardan birida muxlis bilan mushtlashdi. Bu haqda Serbiyaning Telegraf portali xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, daniyaliklar bilan o‘yin oldidan serbiyalik futbolchilarga bir kunlik dam berilgan. Milinkovich-Savich serbiyalik musiqachilar tez-tez chiqish qiladigan barga borgan. Muxlislardan biri Serbiya terma jamoasi darvozaboniga barda uning borligidan noroziligini bildirgan. Muxlisga futbolchi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rish o‘rniga spirtli ichimlik ichayotgani yoqmagan. Bunga javoban serb futbolchisi muxlisga musht tushirgan. Mushtlashuvni xavfsizlik xodimlari va bar egasi to‘xtatgan.

Ma’lumot uchun, Serbiya va Daniya terma jamoalari 26 iyun kuni Yevro-2024 guruh bosqichining so‘nggi o‘yinini o‘tkazdi va uchrashuv 0:0 hisobida yakunlandi. Guruh bosqichi yakunlariga ko‘ra, Serbiya terma jamoasi o‘z kvartetida to‘rtinchi o‘rinni egallab, pley-offga chiqa olmadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Serbiya terma jamoasi darvozaboni barda muxlisga musht tushirdi