09:34 / 30.06.2024
180

Yevro-2024. Chorak final yo‘lida chaqmoq ham Germaniyani to‘xtata olmadi!

Yevro-2024. Chorak final yo‘lida chaqmoq ham Germaniyani to‘xtata olmadi!
Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionatining nimchorak finalidan o‘rin olgan navbatdagi uchrashuv 29 iyun shanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Unda Germaniya jamoasi Daniya termasi bilan bahs olib bordi. Uchrashuvning birinchi bo‘limi teng kurashlar ostida o‘tdi. 38-daqiqada kuchli yomg‘ir va chaqmoq sabab uchrashuv hakam tomonidan to‘xtatildi va 20 daqiqadan so‘ng davom ettirildi.

Ikkinchi bo‘limning dastlabki daqiqalarida Daniya terma jamoasi hujumkor o‘yin namoyish etdi va bu hujumlar 50-daqiqada o‘z natijasini berdi. Andersonning goli ofsayd sabab bekor qilindi. Ikki daqiqa o‘tib aynan uning o‘zi penaltiga sabab bo‘ldi. VAR ushbu vaziyatda futbolchi jarima maydoni ichida qo‘l bilan o‘ynagan deb topdi. Nuqtaga yaqinlashgan “Arsenal” futbolchisi Havers adashmadi va hisobni ochdi.

Uchrashuvning 68-daqiqasida Germaniya o‘rtadagi farqni oshirdi. Jamol Musialaning aniq zarbasi hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi. Daniya termasi so‘nggi daqiqalargacha hujum qilishda davom etdi. Nemislar darvozaboni va himoyachilarining ishonchli harakatlari bois hisob o‘zgarmay qoldi.

Shu tariqa mezbonlar chorak finalga yo‘l oldi. Germaniya keyingi bosqichda Ispaniya—Gruziya juftligi g‘olibi bilan to‘qnash keladi.

Yevro—2024
Nimchorak final

29 iyun, shanba
Germaniya – Daniya 2:0
Gollar
: 1:0 — Havers (53, penalti), 2:0 — Musiala (68).
Germaniya: Noyer, Ryudiger, Shlotterbek, Raum (Henriks, 80), Kroos, Gundo‘g‘an (Fyullkrug, 65), Andrix (Jan, 64), Kimmix, Havers, Sane (Anton, 88), Musiala (Virs, 81).
Daniya: Shmeyxel, Ba (Kristiansen, 81), Vestergor, Kristensen (Bruun Larsen, 81), Andersen, Mele, Dileyni (Nyorgor, 69), Eriksen, Hyoyberg, Olsen (Poulsen, 69), Hoylund (Vind, 81).
Ogohlantirishlar: Andersen (57), Mele (60).

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yevro-2024. Chorak final yo‘lida chaqmoq ham Germaniyani to‘xtata olmadi!