02:24 / 01.07.2024
214

Yevro—2024. Ispaniya Gruziya ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi

Yevro—2024. Ispaniya Gruziya ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi
Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionatining nimchorak finalida Ispaniya va Gruziya terma jamoalari 30 iyun, yakshanba kuni o‘zaro bahs olib bordi.

Uchrashuvning 18-daqiqasida ispaniyalik futbolchi Le Norman o‘z darvozasiga gol urib qo‘ydi. 39-daqiqada Rodri hisobni tenglashtirdi.

Ikkinchi bo‘limni ham ispanlar yuqori notada boshladi. 51-daqiqada Fabian Ruis jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. 75-daqiqada Niko Uilyams ajoyib reyd uyushtirib, hisobni ishonchli ko‘rinishga olib keldi. 83-daqiqada Dani Olmo uchrashuvga yakuniy nuqtani qo‘ydi.

Shu tariqa o‘yin Ispaniyaning 4:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Ispanlar chorak finalda musobaqa mezboni Germaniyaga qarshi bahs olib boradi.

Yevro—2024
Nimchorak final

30 iyun, yakshanba
Ispaniya – Gruziya 4:1
Gollar
: 0:1 – 18 Le Norman (avtogol), 1:1 – 39 Rodri, 2:1 – 51 Fabian Ruis, 3:1 – 75 Uilyams, 4:1 – 83 Olmo.
Ispaniya: Unai Simon, Karvaxal (Navas, 81), Laport, Le Norman, Kukurelya (Grimaldo, 66), Fabian Ruis (Merino, 81), Rodri, Pedri (Olmo, 52), Uilyams, Yamal, Morata (Oyarsabal, 67).
Gruziya: Mamardashvili, Kakabadze, Kashiya, Gvelesiani (Kvekveskiri, 79), Dvali, Lochoshvili (Sitaishvili, 63), Kiteyshvili (Altunashvili, 41), Kochorashvili, Chakvetadze (Davitashvili, 63), Kvarasxeliya, Mikautadze (Zivzivadze, 79).
Ogohlantirishlar: Morata (44), Davitashvili (71).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yevro—2024. Ispaniya Gruziya ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi