05:17 / 02.07.2024
140

Yevro—2024. Portugaliya Sloveniyani penaltilar seriyasida mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi

Yevro—2024. Portugaliya Sloveniyani penaltilar seriyasida mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi
Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionatining nimchorak finalida Portugaliya va Sloveniya terma jamoalari 1 iyul, dushanba kuni o‘zaro bahs olib bordi.

Uchrashuvning asosiy bo‘limlarida darvozalar ishg‘ol etilmadi.

Qo‘shimcha bo‘limlarda esa Portugaliya penalti ishlab oldi. 105-daqiqada Krishtianu Ronaldu ushbu penaltini noaniq amalga oshirdi. Ekstra taymlarda ham gol urilmagach, g‘olib nomi penaltilar seriyasida aniqlanadigan bo‘ldi.

Penaltilar seriyasida esa portugaliyalik darvozabon Koshta 3 ta seyv amalga oshirib, jamoasining g‘alabasini ta’minladi. Portugaliya safida esa Ronaldu, Brunu va Bernardular penaltini aniq amalga oshirdi.

Shu tariqa Portugaliya chorak finalda Fransiyaga qarshi bahs olib boradi.

Yevro—2024
Nimchorak final

1 iyul, dushanba
Portugaliya – Sloveniya 0:0

Penaltilar seriyasi: 3:0
Penaltilar seriyasidagi gollar
: Krishtianu Ronaldu, Brunu Fernandesh, Bernardu Silva
Portugaliya: Diogu Koshta, Joau Kanselu, Pepe, Ruben Diash, Mendesh, Brunu Fernandesh, Bernardu Silva, Palinya, Vitinya (Diogu Jota, 65), Rafael Leau (Fransishku Konseysau, 76), Ronaldu.

Sloveniya: Oblak, Stoyanovich (Verbich, 86), Karnichnik, Drkushich, Biyol, Balkoves, Gnezda-Cherin, Elshnik (Ilichich, 105), Shporar (Selar, 75), Sheshko, Mlakar (Gorens-Stankovich, 74).

Ogohlantirishlar: Drkushich (32), Karnichnik (37), Gorens-Stankovich (101), Biyol (106), Balkoves (107), Joau Kanselu (107).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yevro—2024. Portugaliya Sloveniyani penaltilar seriyasida mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi