06:48 / 02.07.2024
437

Ronaldu Sloveniya bilan o‘yindan so‘ng nimalar dedi?

Ronaldu Sloveniya bilan o‘yindan so‘ng nimalar dedi?
Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu Sloveniyaga qarshi o‘yindan keyin fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Bir vaqtning o‘zida qayg‘u va quvonch tuyg‘usi. Muhimi g‘alaba qozonish va jamoa buni g‘ayrioddiy ravishda amalga oshirdi. Sloveniya juda qiyin raqib edi. Shunchaki ajoyib tarzda himoyalandi. Paslar aniqligi ham yuqori.

Dastlab, qayg‘urasan va keyin xursand bo‘lasan. Bu shunchaki futbol. Bu tushuntirib bo‘lmaydigan lahzalar. Men jamoamga yordam bera olganimdan faxrlanaman. Penaltini yomon tepmadim, Oblak qaytardi xolos. Biz oxirigacha kurashdik va o‘yinni tahlil qilsak, Portugaliya bunga haqli. Seriyada 3 ta seyv amalga oshirgan Koshtaga rahmat aytaman
", - dedi Ronaldu.

Eslatib o‘tamiz, Portugaliya terma jamoasi Yevro nimchorak finalida Sloveniyani penaltilar seriyasida mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronaldu Sloveniya bilan o‘yindan so‘ng nimalar dedi?