Dastin Pore Maxachevga revansh taklif qildi

Dastin Pore Maxachevga revansh taklif qildi
UFC ning yengil vazn toifasidagi jangchisi Dastin Pore(30-9-1 N/C) promoushenning amaldagi chempioni Islom Maxachev(26-1)ga murojaat qilib, revansh o‘tkazishni taklif qildi.

“Agar Arman Sarukyan jang qila olmasa, keling, biz ikkimiz oktagonga chiqamiz”, – deb yozgan Pore ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida.

Eslatib o‘tamiz, Dastin va Islom 2 iyun kuni "UFC 302" turnirida to‘qnash kelishgan. O‘shanda Maxachev beshinchi raundda raqibini bo‘g‘ib qo‘ygandi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar