18:23 / 02.07.2024
420

Italiya terma jamoasi omadsizligiga “chaqimchi” sababchi

Italiya terma jamoasi omadsizligiga “chaqimchi” sababchi
Italiya terma jamoasi Germaniyadagi Yevropa chempionatida muxlisu mutaxassislar ishonchini oqlay olmadi. Italiya nashrlari bosh murabbiy Luchano Spalletti jamoasi ichidagi muammolarni oshkor qildi.

Ma’lumotlarga qaraganda, “Yevro-2024” davomida terma jamoaning ichki muhiti buzilgan, munosabatlar taranglashgan.

Xususan, Reppublica nashriga ko‘ra, tarkib ikkiga bo‘linib qolgan. Ayrim o‘yinchilar Spallettini terma jamoani musobaqaga yetarli darajada tayyorlay olmaganlikda, bosh murabbiy qo‘llagan o‘yin uslubida intensivlik yetishmaganlikda ayblamoqda.

Boshqa guruh yarim himoyachi Nikolo Fadjolini terma jamoaga chaqirtilishiga qarshi bo‘lgan. Ular Nikolo “Nyukasl” o‘yinchisi Sandro Tonalining o‘yinlarga pul tikkanini oshkor qilgani uchun uni chaqimchi, deb hisoblayapti.

Bundan tashqari, terma jamoa o‘yinchilariga Luchano Spalletti guruh bahslarining 3-turida Xorvatiya bilan bo‘lgan o‘yinga ikki soat qolganida taktikani o‘zgartirgani yoqmadi. Bu qarordan keyin ba’zi o‘yinchilar o‘zlarini jamoadan ajratib qo‘yilgandek his qilgan.

Eslatib o‘tamiz, guruhda ikkinchi o‘rinni egallagan italiyaliklar nimchorak finalda Shveysariya terma jamoasiga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lib, musobaqani kutilganidan ancha erta tark etdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Italiya terma jamoasi omadsizligiga “chaqimchi” sababchi