Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionatining nimchorak finalida Turkiya va Avstriya terma jamoalari 2 iyul, seshanba kuni o‘zaro bahs olib bordi.
Uchrashuvning ilk daqiqasidayoq hisob ochildi. Turkiyalik futbolchi Demiral raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Birinchi bo‘lim ushbu bitta gol bilan yakunlandi.
Ikkinchi bo‘limda ham turklar hujumkorlikni pasaytirmadi. 59-daqiqada Demiral yana bir bor Avstriya darvozasini ishg‘ol qildi. Oradan 7 daqiqa o‘tib, avstriyaliklar futbolchisi Gregorich hisobni qisqartirdi.
Qolgan daqiqalarda darvozalar ishg‘ol etilmadi va Turkiya g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Turkiya chorak finalda Niderlandiyaga qarshi bahs olib boradi.
Yevro—2024
Nimchorak final
2 iyul, seshanba
Avstriya – Turkiya 1:2
Gollar: 0:1 – 1 Demiral, 0:2 – 59 Demiral, 1:2 – 66 Gregorich.
Avstriya: Pens, Posh, Linxart (Veber, 64), Danzo, Mvene (Prass, 46), Zabitser, Laymer (Grillich, 64), Baumgartner, Shmid (Gregorich, 46), Zayvald, Arnautovich.
Tursiya: Gyunok, Myuldyur, Ayxan, Bardakji, Demiral, Kadioglu, Kekchyu (Kaxveji, 83), Yuksek (Ozdjan, 58), Gyuler (Aktyurkoglu, 78), Yilmaz, Yildiz (Yokushlu, 78).
Ogohlantirishlar: Kekchyu (11), Shmid (38), Yuksek (42), Linxart (52). “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi