2024 yilda Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlari uchun Argentina terma jamoasining tarkibi ma’lum bo‘ldi.
Argentina Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Xavier Maskerano Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlari uchun terma jamoa tarkibini tuzib chiqdi. Jamoaning turnir uchun taqdim etgan qaydnomasi terma jamoa matbuot xizmati tomonidan rasmiy saytda e’lon qilindi.
Foto: ESPN
Ma’lumot uchun, Olimpiadada 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar qatnashadi. Reglament turnirga belgilangan yoshdan oshgan 3 nafargacha futbolchini taklif qilish imkonini beradi.
“Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messi Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etmaydi, u tarkibga kiritilmagan. Jamoaning hujumkor pozitsiyalarini “Manchester Siti”dan hujumchi Alvares va “Fiorentina”dan Lukas Beltran egallaydi. Bundan tashqari, turnirga “Benfika”ning 36 yoshli himoyachisi Nikolas Otamendi va “Ayaks”ning 32 yoshli darvozaboni Jeronimo Rugli chaqirilgan.
Shuningdek, “Manchester Siti”ning 18 yoshli yarim himoyachisi, hozirda “River Pleyt”da o‘ynayotgan Klaudio Echeverri ham Argentina olimpiya terma jamoasiga chaqirilgan.
Eslatib o‘tamiz, futbol bo‘yicha Olimpiya o‘yinlari 24 iyul kuni boshlanadi. Argentina terma jamoasi “B” guruhidan joy olgan bo‘lib, uning raqibi Marokash, Iroq va Ukraina terma jamoalari bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi