13:43 / 04.07.2024
99

Grand Chess Tour. Nodirbek Abdusattorov 7-turda qiyinchilik bilan durangga erishdi

Grand Chess Tour. Nodirbek Abdusattorov 7-turda qiyinchilik bilan durangga erishdi
Ruminiya poytaxti Buxarest shahrida shaxmat bo‘yicha Grand Chess Tour seriyasi doirasidan o‘rin olgan Superbet Chess Classic Romania turnir davom etmoqda.

5 ta turnirni o‘zida jamlagan ushbu nufuzli shaxmat musobaqasining umumiy mukofot jamg‘armasi 1,5 million AQSH dollarini tashkil etadi. Unda o‘zbekistonlik Nodirbek Abdusattorov ham qatnashayotgani haqida ma’lumot berilgan edi.

Musobaqaning 7-tur uchrashuvlari kecha, 3 iyul kuni o‘tkazildi. Ushbu turda barcha partiyalar durang bilan yakunlandi. O‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov qora donalarda Uesli So (2757)ga qarshi o‘ynadi va durangga imzo chekdi. O‘yinda Nodirbek qiyin vaziyatda mag‘lubiyatdan qutulib qolganini alohida e’tirof etish zarur.

Turnirning birinchi raqamli ishtirokchisi Fabiano Karuana (2805) 7-turda hindistonlik Dommaraju Gukesh (2763) bilan durang o‘ynadi. 7-turdan so‘ng Karuana 4,5 ochko bilan yakka peshqadam bo‘lib turibdi. Firuzja, Praggnanandha va Gukesh hisobida 4 ochko bor.

Nodirbek Abdusattorov 3 ochko bilan qo‘shimcha ko‘rsatkichlar evaziga 8-o‘rinni egallab turibdi. Uesli So va Anish Giri hisobida ham 3 ochkodan bor. Bugun 4 iyul kuni Nodirbek oq donalarda 10-o‘rinda borayotgan ruminiyalik Bogdan-Daniyel Dyak (2680)ga qarshi bahs olib boradi.

Ma’lumot uchun, Superbet Chess Classic Romania turnirining mukofot jamg‘armasi 350 000 AQSH dollarini tashkil etadi. Musobaqa g‘olibi 100 ming AQSH dollariga ega chiqadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Grand Chess Tour. Nodirbek Abdusattorov 7-turda qiyinchilik bilan durangga erishdi