
Germaniya mezbonlik qilayotgan Yevropa chempionati 1/8 final bosqichida Portugaliya terma jamoasi Sloveniya bilan asosiy va qo‘shimcha taymda durang o‘ynab, g‘olib penaltilar seriyasi orqali aniqlangan.
Uchrashuvning 65-daqiqasida Ronaldu penaltini aniq bajara olmagan edi. Raqib darvozaboni Yan Oblak portugaliyalik yulduzning zarbasini bartaraf etdi.
Statistika mutaxassislarining ma’lum qilishicha, Yan Oblak zamonaviy futbolda eng ko‘p gol urgan ikki futbolchi – Krishtianu Ronaldu va Lionel Messining penaltidan yo‘llagan zarbalarini qaytargan ikkinchi darvozabon bo‘ldi.
Ungacha faqatgina Diyego Alves bu ikki yulduzni uyaltirgan edi. Braziliyalik golkiper Ispaniya chempionatida “Almeriya” va “Valensiya” darvozalarini qo‘riqlagan.
“Atletiko” posboni Yan Oblak Messining penaltisini argentinalik yulduz “Barselona”da o‘ynab yurgan davrda, ya’ni 2015 yili Ispaniya kubogi doirasidagi bahsda qaytargan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar