Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionatining chorak finalida Ispaniya va Germaniya terma jamoalari 5 iyul, juma kuni o‘zaro bahs olib bordi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida darvozalar ishg‘ol etilmadi. Ikkinchi bo‘lim boshida esa ispanlar hujum uyushtirib, hisobni ochdi. Yamalning pasini Dani Olmo golga aylantirdi.
O‘yin oxirida esa Florian Virs hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi.
Shu tariqa jamoalar qo‘shimcha bo‘limlarga murojaat qildi. Qo‘shimcha bo‘limlarning oxirida esa Mikel Merino ispanlarga g‘alaba keltiruvchi gol muallifiga aylandi.
Shu tariqa Ispaniya 120 daqiqa davom etgan o‘yinda g‘alabani qo‘lga kiritib, yarim finalga yo‘l oldi.
Yevro—2024
Chorak final
5 iyul, juma
Ispaniya – Germaniya 2:1
Gollar: 1:0 – 51 Olmo, 1:1 – 89 Virs, 2:1 — 119 Merino.
Ispaniya: Unai Simon, Karvaxal, Laport, Le Norman (Nacho, 46), Kukurelya, Fabian Ruis (Xoselu, 102), Rodri, Pedri (Olmo, 8), Uilyams (Merino, 80), Yamal (Ferran Torres, 63), Morata (Oyarsabal, 80).
Germaniya: Noyer, Ryudiger, Ta (Myuller, 80), Raum (Mittelshtedt, 57), Kroos, Gundogan (Fyullkrug, 57), Jan (Andrix, 46), Kimmix, Havers (Anton, 90), Sane (Virs, 46), Musiala.
Ogohlantirishlar: Ryudiger (13), Raum (28), Le Norman (29), Andrix (56), Kroos (67), Mittelshtedt (73), Ferran Torres (74), Unai Simon (82), Shlotterbek (90), Virs (94), Karvaxal (100).
Chetlatish: Karvaxal (120+5). “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi