10:00 / 06.07.2024
106

Yevro—2024. Fransiya penaltilar seriyasida Portugaliyani mag‘lub etdi

Yevro—2024. Fransiya penaltilar seriyasida Portugaliyani mag‘lub etdi
Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionatining chorak finalida Portugaliya va Fransiya terma jamoalari 5 iyul, juma kuni o‘zaro bahs olib bordi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida darvozalar ishg‘ol etilmadi.

Ikkinchi bo‘limda ham tomoshabinlar gol guvohi bo‘lmadi. Shu tariqa terma jamoalar qo‘shimcha bo‘limlarga murojaat qilishiga to‘g‘ri keldi. Qo‘shimcha bo‘limlarda ham gol urilmadi va g‘olib nomi penaltilar seriyasida aniqlanadigan bo‘ldi.

Penaltilar seriyasida esa Fransiyaning qo‘li baland keldi va yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Dide Desham shogirdlari yarim finalda Ispaniyaga qarshi bahs olib boradi.

Yevro—2024
Chorak final
5 iyul, juma

Portugaliya – Fransiya 0:0
Penaltilar seriyasi
: 3:5

Portugaliya: Diogu Koshta, Joau Kanselu (Semedu, 74), Pepe, Ruben Diash, Mendesh, Brunu Fernandesh (Fransishku Konseysau, 74), Bernardu Silva, Palinya (Ruben Nevesh, 90), Vitinya, Rafael Leau (Joau Feliks, 105), Ronaldu.
Fransiya: Menyan, Kunde, Upamekano, Saliba, Ernandes, Kante, Tchuameni, Kamavinga (Fofana, 90), Grizmann (Dembele, 67), Mbappe (Barkolya, 105), Kolo-Muani (Tyuram, 86).
Ogohlantirishlar: Palinya (79), Saliba (84).

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yevro—2024. Fransiya penaltilar seriyasida Portugaliyani mag‘lub etdi
ePN