SSKA klubi “Birodarlik kubogi” turnirining ilk turida Serbiyaning OFK jamoasini 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Musobaqaning ilk golini Abbosbek Fayzullayev kiritdi.
O‘yindan keyin Serbiya futbolining eng mashhur vakillaridan biri Milosh Krasich “armiyachilar” safidagi o‘zbek legionerining mahoratini alohida e’tirof etdi.
- “Yuventus”ga SSKAdan qaysi futbolchini o‘z tarkibiga qo‘shib olishni tavsiya qilgan bo‘lardim? “Yuventus” juda katta klub, u yerda o‘ynash uchun ko‘p mehnat qilish talab etiladi.
SSKAda iqtidorli o‘yinchilar ko‘p, lekin menga Abbosbek Fayzullayev juda yoqadi. Uning kelajagi porloq ekaniga shubham yo‘q.
Shuningdek, Fyodor Chalov ham kelajakda “Yuventus”ga o‘tishi mumkin. Imkoniyat katta va bu sodir bo‘lishi mumkin, - dedi Milosh Krasich.
Serbiyaning “Voyvodina” klubi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Milosh Krasich Yevropaning kuchli ligalaridagi yurishini aynan Moskvaning SSKA klubidan boshlagan.
Bir necha pozitsiyalarda o‘ynay oladigan hujumkor futbolchi “armiyachilar” safida olti yil to‘p tepganidan keyin Turinga yo‘l oldi. “Yuventus” 2010 yili Milosh Krasichni 15 million yevroga transfer qildi.
A Seriya grandi safida ikki yil o‘ynagan serbiyalik yulduz keyinchalik Turkiyada “Fenerbahche”, Fransiyada “Bastiya”, Polshada “Lexiya Gdansk” jamoalari sharafini himoya qilib, professional faoliyatini 2018 yili yakunladi.
Milosh Krasich klublar miqyosida jami 415 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 52 marotaba ishg‘ol qilgan va jamoadoshlariga 61 ta golli pas uzatgan. Tajribali charm to‘p ustasi Serbiya terma jamoasida 46 ta bahsda o‘z hisobiga uchta gol yozdirib qo‘ygan.
Krasich ikki karra Rossiya chempioni, to‘rt marotabadan mamlakat kubogi va Superkubogi sohibi, UYEFA kubogi g‘olibi bo‘lgan. “Yuventus” tarkibida Italiya chempionligiga sazovor bo‘lgan. “Fenerbahche” bilan Turkiya kubogida muvaffaqiyat qozongan.
Eslatib o‘tamiz, Abbosbek Fayzullayev “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Hamyurtimiz ham legioner sifatidagi faoliyatini SSKAda boshladi.
O‘tgan yili avgustda “armiyachilar” safiga ko‘chib o‘tgan 20 yoshli hujumkor futbolchimiz Rossiyadagi debyut mavsumida 32 ta uchrashuvda beshta gol va 14 ta assist muallifi bo‘ldi.
Rossiyada mavsumning asosiy kashfiyoti sifatida e’tirof etilgan legionerimizning transfer summasi bir mavsumda bir necha baravar ko‘tarilib, ayni paytda 6 million yevroga baholanmoqda.
Fayzullayev transfer summasi masalasida Eldor Shomurodov va Baxtiyor Zaynutdinovni ortda qoldirib, Markaziy Osiyo mintaqasining eng qimmatbaho o‘yinchisiga aylandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari