Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionatining chorak finalida Angliya va Shveysariya terma jamoalari 6 iyul, shanba kuni o‘zaro bahs olib bordi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida darvozalar ishg‘ol etilmadi.
Ikkinchi bo‘limda ham favorit deb hisoblangan Angliya hujumga o‘tishga shoshilmadi. Shveysariyaning kam sonli hujumlari ko‘proq xavf tug‘dirdi. Uchrashuvning 75-daqiqasida Embole hisobni ochdi.
Uchrashuvning 78-daqiqasida Angliya termasi bosh murabbiyi Sautgeyt birdaniga 3 ta o‘zgarish amalga oshirdi. Bu esa ikki daqiqadan so‘ng natija berdi. 80-daqiqada Bakayo Sakaning uzoqdan yo‘llagan zarbasi golga aylandi va Angliya hisobni tenglashtirdi.
Uchrashuvning asosiy daqiqalarida g‘olib aniqlanmadi.
Shundan so‘ng hakam ekstra taymlarga ruxsat berdi. Qo‘shimcha daqiqalarda shveysariyaliklar anchagina faol harakat qildi, ammo hisobni o‘zgartirishning iloji bo‘lmadi.
Yevro—2024
Chorak final
6 iyul, shanba
Angliya – Shveysariya 1:1 (penaltilar bo‘yicha – 5:3)
6 iyul. Dyusseldorf. "Dyusseldorf Arena". 21:00
Gollar: Saka 80' – Embolo 75'
Angliya: Pikford, Uoker, Stounz, Konsa (Palmer , 78), Tripper (Eze, 78), Maynu (Shou, 78), Rays, Saka, Foden (Arnold, 115), Bellingem, Keyn (Touni, 110).
Shveysariya: Zommer, Sher, Akanji, Rodriges, Ebisher (Amduni, 118), Froyler (Serro , 118), Jaka, Rider (Suber, 64), Vargas (Vidmer, 64), Ndoye (Zakariya, 98), Embolo (Shakiri, 109).
Ogohlantirishlar: Sher (32), Keyn (66), Vidmer (85). “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi