11:20 / 07.07.2024
107

Amerika Kubogi—2024. Urugvay penaltilar seriyasida Braziliyani mag‘lub etib yarimfinalga chiqdi

Amerika Kubogi—2024. Urugvay penaltilar seriyasida Braziliyani mag‘lub etib yarimfinalga chiqdi
Futbol bo‘yicha Amerika Kubogining chorak final bahslari bo‘lib o‘tdi.

Braziliya Urugvayga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning asosiy bo‘limlarida darvozalar ishg‘ol etilmadi va g‘olib nomi penaltilar seriyasida aniqlandi. Penaltilarda urugvayliklarning qo‘li baland keldi va Braziliya musobaqani tark etdi.

Yana bir chorak final bahsida Kolumbiya Panamani 5:0 hisobida mag‘lub etdi. Kolumbiya tarkibida gollarni Kordoba, Xames, Dias, Rios hamda Borxalar urdi.

Shu tariqa 2024 yilgi Amerika Kubogi yarim finalchilari aniq bo‘ldi. Yarim finalda Argentina Kanadaga qarshi (10 iyul), Urugvay esa Kolumbiyaga qarshi (11 iyul) maydonga tushadi.

Amerika Kubogi—2024
Chorak final

7 iyul, yakshanba

Urugvay — Braziliya 0:0
Penaltilar seriyasi
: 4:2
Urugvay: Rochet, Olivera, Arauxo (Ximenes, 33), Vinya (Kaseres, 46), Valverde, de la Krus (Bentankur, 67), Ugarte, Arauxo, Pelistri (Varela, 78), Nandes, Nunes (de Arraskaeta, 78).
Braziliya: Alisson, Danilo, Markinos, Militao, Arana, Lukas Paketa (Duglas Luis, 81), Bruno Gimaraes (Evanilson, 87), Gomes (Pereyra, 81), Rafinya (Savio, 82), Rodrigo (Martinelli, 87), Endrik.
Ogohlantirishlar: Lukas Paketa (39), Ugarte (51), de la Krus (60), Gomes (64).
Chetlatish: Nandes (74).

Kolumbiya — Panama 5:0
Gollar
: 1:0 – 8 Kordoba, 2:0 – 15 Xames (penalti), 3:0 – 41 Dias, 4:0 – 70 Rios, 5:0 – 90+4 Borxa (penalti).
Kolumbiya: Vargas, Munos (Aryas, 73), Sanches, Kuesta, Moxika, Uribe, Aryas (Karraskal, 66), Rios, Xames (Kintero, 73), Dias (Sinisterra, 65), Kordoba (Borxa, 79).
Panama: Moskera, Blekmen (Gerrero, 46), Murilyo, Miller (Xarvi, 46), Kordoba, Farinya, Devis (Valensiya, 83), Kristian Martines (Ayyarsa, 62), Uelsh, Faxardo (Dias, 85), Barsenas.
Ogohlantirishlar: Uribe (45), Uelsh (54), Farinya (64), Kordoba (90+2).

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Amerika Kubogi—2024. Urugvay penaltilar seriyasida Braziliyani mag‘lub etib yarimfinalga chiqdi
ePN