Amerikalik bokschi Rayan Garsiya irqchilikka oid so‘zlari sabab WBC'dan chetlatildi. Bu haqda tashkilot prezidenti Maurisio Suleyman ma’lum qildi.
Garsiya ijtimoiy tarmoqlarda qora tanlilar va musulmonlarni kamsituvchi irqiy haqoratlarni bir necha bor ishlatdi, deya xabar beradi Assosiated Press nashri.
“WBC prezidenti sifatidagi vakolatimdan foydalanib, men Rayan Garsiyani tashkilotimizning barcha faoliyatidan chetlatyapman. Biz kamsitishning har qanday shaklini rad etamiz. Men Rayanning kelajagidan qo‘rqaman, chunki u ruhiy salomatlik uchun yordam olishi maqsadidagi ko‘plab urinishlarni rad etdi”, — deb yozdi Suleyman ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida.
Eslatib o‘tamiz, Rayan Garsiya oxirgi jangini aprel oyida Devin Heyniga qarshi o‘tkazib, ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozongandi. Ammo keyinchalik u doping-testdan o‘ta olmagani sababli bir yillik diskvalifikasiyaga uchragan hamda Heyni bilan jangi natijasi bekor qilingandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi