
Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionatining yarim finalida Ispaniya va Fransiya terma jamoalari 9 iyul, seshanba kuni o‘zaro bahs olib bordi.
Uchrashuvning 8-daqiqasida Randal Kolo-Muani Mbappening uzatmasini golga aylantirdi. 21-daqiqada Lamin Yamal super gol bilan hisobni tenglashtirdi.
Oradan 4 daqiqa o‘tib, Dani Olmo ispanlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Bo‘lim 2:1 hisobida ispanlar foydasiga hal bo‘ldi.
Ikkinchi bo‘limda esa darvozalar ishg‘ol etilmadi va yakunda Ispaniya 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Shu tariqa de la Fuente shogirdlari finalga yo‘l oldi.
Ikkinchi yarim final bahsida Angliya Niderlandiya bilan to‘qnash keladi. Ular o‘rtasidagi uchrashuv 10 iyuldan 11 iyulga o‘tar kechasi 00:00 da start oladi.
Yevro—2024
Yarim final
9 iyul, seshanba
Ispaniya – Fransiya 2:1
Gollar: 0:1 – 8 Kolo-Muani, 1:1 – 21 Yamal, 2:1 – 25 Olmo.
Ispaniya: Unai Simon, Navas (Vivian, 58), Nacho, Laport, Kukurelya, Fabian Ruis, Rodri, Olmo (Merino, 76), Uilyams, Yamal, Morata (Oyarsabal, 76).
Fransiya: Menyan, Kunde, Upamekano, Saliba, Ernandes, Kante (Grizmann, 62), Rabo (Kamavinga, 62), Tchuameni, Dembele (Jiru, 79), Mbappe, Kolo-Muani (Barkolya, 63).
Ogohlantirishlar: Navas (14), Tchuameni (60), Kamavinga (89), Yamal (90+1). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar