
"Barselona" va Ispaniya terma jamoasi vingeri Lamin Yamal ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Messi bilan surati haqida gapirdi.
- Messi bilan tushgan surat? Bu shunchaki tasodif. Men u bilan hech qachon muloqot qilmaganman, lekin umid qilamanki, bir kun kelib menda shunday imkoniyat bo‘ladi.
Suratga keladigan bo‘lsak, otam uni saqlab kelgan. Biz uni hech qachon ko‘rsatmagan edik. Sababi, men taqqoslanadigan darajada emasdim va hozir ham unday emas, - dedi yosh iste’dod egasi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar