17:35 / 14.07.2024
121

Lionel Messi: Biz finalga chiqqanida ham tanqid ostiga olingan yagona avlodmiz

Lionel Messi: Biz finalga chiqqanida ham tanqid ostiga olingan yagona avlodmiz
Lionel Messi Argentina terma jamoasining oldingi avlodi yetarlicha qadrlanmaganini ta’kidladi.

Messi Argentina terma jamoasi bilan birgalikda JCH—2024, Amerika Kubogi—2015, Amerika Kubogi—2016 finaliga chiqqan edi. 2016 yildagi tanqidlar sababli Leo terma jamoadagi faoliyatini yakunlashini ma’lum qilgandi. Biroq keyin u fikridan qaytgan. 2021 yilda Argentina Amerika Kubogini, 2022 yilda esa Jahon Chempionligini qo‘lga kiritdi.

Avvalgi avlodda o‘z maqsadiga erishgan futbolchilar bor edi, biroq Jahon Chempionati va Amerika Kubogining ikkita finaliga chiqqan avlod yetarlicha qadrlanmadi. Biz finalga chiqqanida ham tanqid ostiga olingan yagona avlodmiz.

Hozir men shunday hisoblayman, avval bunday o‘ylamasdim. O‘sha paytda men istagan yagona narsa — g‘alaba edi. Albatta, g‘alaba muhim, lekin turnirda ishtirok etish juda qiyin, g‘olib esa bitta bo‘ladi.

Biz o‘sha musobaqalarda birinchi kundan oxiriga qadar ishtirok etgandik, lekin ba’zi sabablarga ko‘ra uchala finalni ham boy bergandik. Buni ta’kidlashdan to‘xtamayman.

Di Mariya, Otamendi va men revansh uchun ortga qaytdik va buni eplay oldik. Lekin o‘sha avlod ham bunga loyiq edi
”, — deydi Leo.

15 iyul tongida Argentina terma jamoasi Amerika Kubogi finalida Kolumbiya termasiga qarshi bahs olib boradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Lionel Messi: Biz finalga chiqqanida ham tanqid ostiga olingan yagona avlodmiz