Germaniya mezbonlik qilgan Yevropa chempionati iste’dodli o‘yinchilarga boy bo‘lgan va yorqin o‘yin namoyish etgan Ispaniya terma jamoasining g‘alabasi bilan yakunlandi.
Ispanlarning g‘alabasida musobaqa davomida 17 yoshga to‘lgan Lamin Yamalning hissasi katta bo‘ldi. “Barselona” tarbiyalanuvchisi “Yevro-2024”ning eng yaxshi yosh o‘yinchisi bo‘ldi.
Umuman olganda, Lamin Yamal turnir davomida quyidagi rekordlarni o‘rnatdi:
1. Yevropa chempionatlari tarixidagi eng yosh o‘yinchi;
2. Yevropa chempionatlari tarixida gol urgan eng yosh o‘yinchi;
3. Yevropa chempionatlari tarixida assistni amalga oshirgan eng yosh o‘yinchi;
4. Yevropa yoki jahon chempionatlarida yarim finalda boshlang‘ich tarkibda maydonga tushgan eng yosh o‘yinchi;
5. Yevropa yoki jahon chempionatlarida yarim finalda gol urgan eng yosh o‘yinchi;
6. Yevropa yoki jahon chempionatlarida finalda boshlang‘ich tarkibda maydonga tushgan eng yosh o‘yinchi;
7. Yevropa yoki jahon chempionatlarida finalda golli pas uzatgan eng yosh o‘yinchi;
8. Yevropa chempionatlari tarixida eng yaxshi assistent bo‘lgan eng yosh futbolchi;
9. Bitta Yevropa chempionatida eng ko‘p (to‘rtta) assistni amalga oshirgan o‘yinchi;
10. Yevropa chempionatlarida g‘olib chiqqan eng yosh futbolchi;
11. Yuqorida ta’kidlanganidek, Lamin Yamal Yevropa chempionatida eng yaxshi yosh o‘yinchi bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun ayrim ma’muriy javobgarliklar bekor qilinadi
Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
Germaniyalik fermerning sigiri to‘rtta buzoq tug‘di
Rossiya Buyuk Britaniya diplomatiga qarshi keskin chora qo‘lladi